Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:50

Bakiyev uyi nogironlarga boshpana bo‘ldi


Kyrgyzstan -- People gather outside the burnt house of ousted president Kurmanbek Bakiev in Bishkek, 08Apr2010
Kyrgyzstan -- People gather outside the burnt house of ousted president Kurmanbek Bakiev in Bishkek, 08Apr2010
7 aprel voqealarining ertasiga Bishkekning Jibek-Jolu ko‘chasida joylashgan sobiq prezident Qurmonbek Bakiyevga tegishli uy talanib ketgan edi. Hozir bu uyda 20 dan ortiq nogironlar yashamoqda. Ular bu uyda o‘zlari qurgan tandirda non yopib, uni sotish orqasidan tirikchilik qilishmoqda.

Aslida ular bu uyni noqonuniy egallab olgan, lekin uyning egasi qaytib kelishi ularni tashvishga solmaydi. Chunki ular uyni egallab olishlaridan oldin bu yerda aprel oyida hokimiyatdan ag‘darilgan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qurmonbek Bakiyev yashar edi.

Ular mahalliy rasmiylarga uyni o‘zlarining ixtiyoriga o‘tkazib berish haqida ariza bilan murojaat qilishgan. Lekin aprel voqealari va Bakiyevning hokimiyatdan ag‘darilishi yuzasidan o‘tkazilayotgan tergov tugamaguncha, bu haqda qaror chiqarilmaydi.

XS
SM
MD
LG