Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:07

O‘zbeklar dunyo nigohiga: savdolashish sana‘ti va o‘zbekona mehmondo’stlik


Internet olamining keng sayxonida o‘zbeklar va O‘zbekiston haqida yozayotgan chet el matbuoti va blogerlarini yaqindan kuzatib borishni davom etmoqdamiz. Ho‘sh, bu gal internet o‘zbeklar haqida nima deydi?

Asli Angliyalik, lekin hozir Fransiyada yashaydigan jurnalist Pol Nolan (Paul Nolan) Qoraqolpog‘istonning Nukus shaxriga qilgan sayohati haqida yozadi. Sayohat davomida Polning e‘tiborini tortgan birinchi narsa bu O‘zbekistonda yomg‘irgan keyingi qo‘ziqorinlar kabi ko‘paygan xususiy taksichilar bo‘ldi.

O‘zbekistonda taksichilar davlatning qusurini yopish bilan shug‘ullanishadi, ya‘ni shaharlar aro va shahar ichidagi transport tizimi yo‘q yoki sust joylarda bu ishni o‘z bo‘yniga olishgan. Bundan tashqari, taksichilar turistlar uchun gid, pul almashtiruvchi, pochtachi va mayda-chuyda ishlarni ham bajarishadi. Taksichilar odat bo‘yicha ikki toifaga bo‘linadi: yuk va odam tashiydigan. Odam tashiydigan taksichilarning ichida eng keng tarqalgan usul, moshina “voy dod” deguncha odam ortib, cho‘lning qoq ortasida gazga iloji boricha bosib, bosgandayam yo‘ldagi chuqurlargan moshinani mohirona olib qochib haydash.
Pol Nolanning e‘tiborini tortgan ikkinchi narsa esa taksichilar bilan va umuman olganda biror bir narsa yoki xizmat olayotganda savdolashish bo‘ldi. Savdolashish, yozadi fransiyalik turist, mahalliy halq bilan tanishishning eng yaqin yollaridan biri, chunki har bir savdolashish kamida 10-15 daqiqa davom etadi.

Menga O‘zbekistonga qilgan safarim davomida savdolashishni eng charchatadigan deb bildim, lekin mening sherigimga bu savdo san‘ati juda ham yoqib tushdi va har bir qulay vaziyatda u bu savdo mahoratini o‘rgana boshladi. To‘g‘risini aytsam, savdolashish bu mahalliy aholi bilan tanishish va ularning mehri va ishonchini gozonishning eng oson usullaridan biri. Shunig uchun har bir sayyoh O‘zbekistonga borishdan oldin o‘zbekcha sanashni yaxshilab o‘rganib olishi kerak.
Polshalik sayyoh Kristof Arkizevski (Krzysztof Arciszewski) esa o‘z blogida Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlariga qilgan sayohati haqida yozadi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qolgan davlatlaridan ancha farq qiladi va bu farq chegaradan ot‘gandayoq seziladi, deb yozadi Kristof.

Eng ko‘zga korinlarlik farq bu mahalliy aholining rus tilini bilmasligi va bu farq Kirg‘izistongan O‘zbekistonga o‘tganimdayoq seizildi. Aftidan O‘zbekiston mintaqaning boshqa davlatlariga qaraganda rus tilini siqib chiqarishda va o‘zbek tili va qadriyatlarini ilgari surishda sezilarli yutuqlarga erishgan. Rus tili umuman yo‘q deyish ham noto‘g‘ri, lekin rus tilida gapiradiganlarning ko‘pi kattalar va ular ham rus tilini asosan Sovet davrida armiya xizmatiga borganda o‘rganishgan.
Ikkinchi farq, deya yozadi Kristof, birinchisidan ancha farqlanadi va mintaqaning boshqa davlatlarida uncha ko‘zga tashlanmaydi.

Toshkent shahrining eng esda qolarlik narsasi bu militsiya hodimlarning ko‘pligi. Ularning to‘q yashil rangli formasi uchun mahalliy aholi ularga “bodring” deb laqab qo‘yishgan. Militsiyaning ko‘pligidan sayyohlarning hatti-harakatlari bir oz cheklangan. Chet ellik sayyoh O‘zbekistonga kirganidayoq mahalliy militsiya bo‘limida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Aks holda chiqib ketayotganda 1000 AQSh dollarigacha jarima undirib olishlari mumkin.
Ayrim kamchiliklarga qaramasdan, yozadi Kristof, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi go‘zal shaharlari bor va Al-Jabr, Abu Ali Ibn Sino va Al Xorazmiylarning yurti bo‘lmish O‘zbekiston juda ham go‘zal va aholisi o‘ta mehmondo‘st.
XS
SM
MD
LG