Линклар

logo-print

"Ata-Jurt" tarafdorlari Bishkekda namoyish boshladi


“Ata-Jurt” partiyasi hamraisi Qamchibek Tashiyev shanba kungi hujumda o‘zining yengil tan jarohati olganini aytmoqda.

“Ata-Jurt” partiyasi hamraisi Qamchibek Tashiyev shanba kungi hujumda o‘zining yengil tan jarohati olganini aytmoqda.

Bishkek yana notinch. Shahar markazidagi parlament binosi oldida yuzlab norozilar yana miting o'tkazishmoqda. Bunga sabab bundan biroz muqaddam parlament saylovlarida g'olib chiqgan "Ata-Jurt" siyosiy partiyasining etakchisi Qamchibek Tashievga uyushtirilgan suiqasd bo'ldi.

24 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti binosi yoniga yig‘ilgan “Ata-Jurt” partiyasining yuzlab tarafdori o‘z yetakchisi Qamchibek Tashiyevga uyushtirilgan suiqasdda mamlakat xavfsizlik xizmatining qo‘li bor, degan qat‘iy ayblov bilan xizmat rahbari Keneshbek Dushebayev iste‘fosini talab qildi.

Namoyishchilar o‘z talabi bajarilmagunga qadar namoyishni to‘xtatmasligidan ogohlantirmoqda.

Biroz muqaddam Qamchibek Tashiyev o‘ziga nisbatan suiqasd yushtirilgani aytib, bayonot bergan edi.

Unga ko‘ra, shanba oqshom uning Bishkek yaqinidagi uyiga 15 ga yaqin odam bostirib kelgan va ichkariga kirishga uringan. Tashiyevning soqchilari bunga qarshilik ko‘rsatgan paytda esa qurol ishlatilgan va bir necha bor havoga o‘q uzilgan. Qamchibek Tashiev esa engil jaraohat olg

Bu ma‘lumotlarni tasdiqlagan Qamchibek Tashiyev buni o‘z siyosiy faoliyatiga qarshi uyushtirilgan harakat, deb baholashini bildirdi.

- Men, birinchidan, bu voqeani bugungi siyosiy jarayonlardagi faoliyatim bilan bog‘liq, deb hisoblayman. Ikkinchidan, menimcha, bular meni o‘g‘irlash niyatida edi yoki men otmoqchi bo‘lishdi. Chunki menga qarata maqsadli ravishda ikki marta otishdi. Yaxshiyamki, Xudo bor, o‘q tegmadi. Boshimga to‘pponcha bilan urishmoqchi edi, qo‘lim bilan to‘sishga ulgurib qoldim. Mana, ko‘rib turibsiz qo‘limdagi jarohatni, - dedi Bishkekda so‘zlagan Qamchibek Tashiyev.

Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, uning qo‘riqchilari hujumni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan va hujumchilardan 3 dona to‘pponcha tortib olingan.

Shuningdek, ulardan Qirg‘iziston Xavfsizlik xizmati xodimi, mayor Marat Sadiyev nomiga yozilgan guvohnoma ham tortib olingani aytilmoqda.

Bu voqea ortidan Bishkekdagi parlament binosi yoniga yig‘ilgan yuzlab norozilar esa buni o‘z rahbariga qarshi provokatsiya, deb hisoblab, xavfsizlik xizmati rahbari Keneshbek Dushebayev iste‘fo bermagunga qadar tarqalmasligini aytmoqda.

Ayni paytda “Ar-Namis” partiyasi lideri Feliks Kulov ham bunday voqea sodir bo‘lishi bo‘yicha mas‘uliyatni to‘la xavfsizlik xizmati rahbariga yukladi va bunga qadar ham partiya raisi ortidan ta‘qiblar bo‘lganini aytib, shunday dedi:

- Ata-jurt” partiyasiga nisbatan provokatsiya uyushtirildi. Biz buni ochiq aytamiz, bu — provokatsiya. Xavfsizlik xizmati rahbari so‘zsiz iste‘fo berishi kerak, - dedi Feliks Kulov.

Ayni paytda Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati rahbari Keneshbek Dushebayev buni Qamchibek Tashiyevning populistik harakatlari, deb baholab, sodir bo‘lgan voqea yuzasidan bayonotlar yolg‘ondan iborat, dedi.

Dushebayev Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati xodimlarining Qamchibek Tashiyev yashaydigan hududga borgani, ammo bu giyohvand moddalar savdosiga qarshi amaliyot doirasidagi safar bo‘lgani, ularning Tashiyev aytgan suiqasdga umuman aloqasi yo‘qligini ta‘kidladi.

Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti ma‘muriyati rahbari Emilbek Kaptagayev voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlanganini ma‘lum qildi. Bu haqda jurnalistlarga so‘zlagan Kaptagayev prezident Roza O‘tunbayeva unga bu voqeani sinchiklab o‘rganishni topshirganini ham ta‘kidlab o‘tdi.

24 oktabr kuni parlament binosi olidida yig‘ilgan 700 ga yaqin odam uni dushanba kuni davom ettirish va‘dasi bilan kechki soat 9 da tarqalgani xabar qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG