Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:16

O'zbekistonlik nogironlar futbol boyicha jahon chempioni


Argentinada futbol bo‘yicha amputant-nogiron sportchilar orasida o‘tkazilgan dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Finalda mezbonlar terma jamoasi bilan bellashgan o‘zbekistonlik futbolchilar Maradona yutrdoshlari ustidan 1-3 hisobi bilan g‘alaba qozonishdi.

Final o‘yini juda qizg‘in tarzda o‘tib, O‘zbekiston terma jamoasidan Xaydarali Tursunboev ikki go‘li bilan va Qudrat Xudoyqulov bir go‘li bilan katta mahorat ko‘rsatishdi.

Yarim finalda O‘zbekiston terma jamoasi Turkiya jamoasi ustidan 2-1 xisobi bilan g‘alaba qozongan endi. Guruh oyinlarida O'zbekiston terma jamoasi Braziliya (1-0) va Eron (0-0) terma jamoalari bilan bellashdi. Keyingi etaplarda esa bizning terma jamoamiz Angliya (6-1) va Braziliya (4-2) terma jamoalari ustidan yirik hisob bilan g‘alaba qozondilar.

Chempion O‘zbekiston terma jamoasi a‘zolari ro'yxati: 12 To‘raho‘jaev Qudrat, 4 Abduxamidov Abdumalik, 5 Xudoyqulov Qudrat, 7 Rajapov Baxtiyor, 8 Suleymanov Pavel, 10 Tursunboyev Haydarali, 11 Ismatov Agzamxon va Anvar Ismailov.

PS. Amputat-nogironlar orasida futbol bo‘yicha jahon birinchiligining veb sahifasida O‘zbekiston g‘alabasiga atalgan maqolada adashib yo Koreya yo Yaponiya terma jamoasini suratini qo‘yishibdi.
XS
SM
MD
LG