Линклар

Shu yilning 25 oktabridan 30 oktabriga qadar O‘zbekistonda bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash bo‘yicha milliy kompaniyaning to‘rtinchi bosqichi o‘tkaziladi. Buning uchun poliomiyelitga qarshi 11 million doza emdori sotib olingani xabar qilinmoqda.

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida poliomiyelitga qarshi emlovning avvalgi uch bosqichi shu yilning may, iyun va iyul oylarida o‘tkazilgandi. To‘rtinchi bosqichda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanishi kutilmoqda.

Ma‘lum bo‘lishicha, bu galgi emlov respublikadagi tug‘ruqxonalar, bog‘chalar, maktablar va oila poliklinikalarida o‘tkaziladi.

Buning uchun O‘zbekiston bo‘ylab 10 ming emlov punkti ochilgani, 9 ming shifokor maxsus tayyorgarlikdan o‘tgani xabar qilinmoqda.

Mutaxassislar poliomiyelit kasalligi O‘zbekistondan tashqari mintaqaning Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston kabi mamlakatlarida ham avj olganini qayd etadilar. Bu mamlakatlarda ham rasmiylar yosh bolalarni mazkur kasallikka qarshi emlash uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Poliomiyelitga qarshi kurashda mintaqa davlatlariga xorijiy o‘lkalar va tashkilotlar yordam ko‘rsatmoqda. Xususan, o‘tgan yozda Yaponiya hukumati Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash uchun YuNISEF jamg‘armasiga qariyb 196 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratgandi.
XS
SM
MD
LG