Линклар

logo-print
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili P‘er Morel o‘tgan hafta oxirida Toshkentga qilgan safari chog‘ida O‘zbekiston rasmiylari bilan Qirg‘izistondagi vaziyatni muhokama qilgan.

Ozodlikka bergan intervyusida Yevropa Ittifoqi rasmiysi Toshkentga bir kunlik safari tafsilotlariga qisqacha to‘xtalar ekan, O‘zbekistonga tashrifi muhim sabablaridan biri aynan Qirg‘iziston masalasi bo‘lganini urg‘uladi.

- O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov, Oliy Majlisning Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev va boshqa yuqori martabali rasmiylari bilan o‘tgan uchrashuvlarda barcha yo‘nalishlardagi aloqalarni kuchaytirishga oid masalalar bilan birga qo‘shni Qirg‘izistondagi vaziyatni muhokama qildik. Qirg‘izistondan so‘ng O‘zbekistonga kelishimning muhim sabablaridan biri ham shu Qirg‘izistondagi vaziyat edi, dedi P‘er Morel Ozodlik bilan suhbatda.

Ayni paytda ayrim ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning Qirg‘izistonga oid munosabatini YeI quvvatlashiga oid undan keltirilgan iqtiboslarni inkor qilmas ekan, P‘er Morel, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston rasmiylari bilan muzokaralariga oid yakuniy bayonoti 25 oktabr kuni ittifoqning Tashqi ishlar bo‘yicha kengashi yig‘ilishidan so‘ng e‘lon qilinishini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG