Линклар

Pokistonda so‘fiylar qadamjosiga hujum uyushtirildi


Pokistonda so‘fiylarning mashhur qadamjosiga uyushtirilgan hujum oqibatida 6 odam o‘ldirildi, bir nechasi jarohatlandi.

Panjob viloyatida joylashgan bu ziyoratgoh yaqiniga qo‘yib ketilgan mototsikl portlatib yuborildi.

12 asrlarda yashab o‘tgan Bobo Farid avliyo sha‘niga qurilgan maqbaraning o‘ziga zarar yetmagani xabar qilinmoqda.

Hozircha bu portlash uchun hech bir guruh mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Oktabr oyi avvalida Karachi va Lahor shaharlaridagi ziyoratgohlarga ham hujum uyushtirilgan edi.
XS
SM
MD
LG