Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:09

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda inson huquqlari ahvolidan qoniqmayapti


Keyingi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlari borasida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganini e‘tirof etib kelgan YeI o‘z fikrini qayta ko‘rib chiqayotgan ko‘rinadi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlari borasida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganini e‘tirof etib kelgan YeI o‘z fikrini qayta ko‘rib chiqayotgan ko‘rinadi.
Yevropa Ittifoqi kengashi O‘zbekistonda demokratik tamoillar, qonun ustivorligi va YeI-O‘zbekiston hamkorligining hozirgi ahvoli borasida chiqargan xulosasida rasmiy Toshkentni inson huquqlari vaziyatini yaxshilash yo‘lida samarali choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Yevropa Ittifoqi kengashi O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatiga baho berar ekan, bu borada hali ham talay ishlar amalga oshirilishi lozimligini bayon qildi.

Kengash O‘zbekistonda demokratik tamoillar, qonun ustivorligi va YeI-O‘zbekiston hamkorligining hozirgi ahvoli borasida chiqargan xulosasida rasmiy Toshkentni inson huquqlari vaziyatini yaxshilash yo‘lida samarali choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Shu bilan birga Yevropa Ittifoqi kengashi iyun oyida Qirg‘iziston janubida yuzaga kelgan gumanitar bo‘xronni bartaraf etish yo‘lida O‘zbekiston tomonidan ko‘rilgan choralarni yuqori baholadi.

Kengash O‘zbekistonni Qirg‘izston va mintaqadagi boshqa davlatlar bilan qo‘shnichilik aloqalarni mustahkamlash, jumladan transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish bilan mintaqaviy barqarorlikka hissa qo‘shishga chaqirdi.

Yevropa Ittifoqi kengashi o‘z xulosasida O‘zbekiston hukumati inson huquqlari sohasida o‘sishga erishish yo‘lida qilishi kerak bo‘lgan choralarni ham eslatdi, jumladan O‘zbekistonni qamoqdagi barcha huquq faollari va vijdon maxbuslarini ozod etish, nohukumat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining mamlakatda faoliyat olib borishiga ruhsat berish, BMTning barcha maxsus ma‘ruzachilari bilan to‘liq hamkorlik qilishga chaqirdi.

O‘z navbatida Kengash O‘zbekistonda Sanjar Umarovning ozod etilishi hamda rasmiy Toshkentning Yevropa Ittifoqi bilan sud islohotlari sohasidagi hamkorligini olqishladi.

Shuningdek, Kengash O‘zbekistondagi vaziyatni yaqindan kuzatib borishi va inson huquqlari sohasini yaxshilash uchun Toshkent hukumatiga lozim ko‘makni berishini bildirdi.
XS
SM
MD
LG