Линклар

Olmaotadagi yig‘inda muxolif “Alg‘a” partiyasi yetakchisi Vladimir Kozlovga tuxum otishdi.

Milliy matbuot markazida yig‘ilish o‘tkazayotgan Vladimir Kozlov va “Alg‘a” hamda Qozog‘iston Kommunist partiyasining yana bir necha faoliga bir guruh yosh yigitlar tuxum bilan hujum qildi.



Vladimir Kozlov yaqindagina prezidentlik saylovida qatnashish niyatini bildirgan edi. Uning yetakchiligidagi “Alg‘a” partiyasi Qozog‘istonda ro‘yxatga olinmagan.

Muxolifat yetakchilariga hujum qilgan yoshlar esa o‘zlarini 1986 yil dekabr oyidagi qozoq yoshlari namoyishlari xotirasiga tuzilgan “Jelto‘qsonchilar” guruhi, deb atadi. 1986 yilgi namoyishlarda qozoq yoshlari Qozog‘iston Kommunistik partiyasi yetakchiligiga rus millatiga mansub Genadiy Kolbinning qo‘yilishiga norozilik bildirgan edi.

Olmaotadagi anjumanni to‘polonga aylantirgan “Jelto‘qsonchi”lar Vladimir Kozlovning prezidentlikka nomzodini ko‘rsatish niyatini qoralab, buni 1986 yildagi voqelikning takrorlanishiga olib kelishi mumkin, degan xavotir bilan izohladi.

O‘tgan hafta prezidentlikka nomzodini ko‘rsatish niyatini ma‘lum qilgan Kozlov hozir nafaqat 70 yoshli Nursulton Nazarboyevni almashtirish, balki mamlakatda yangi siyosiy tuzumni o‘rnatish vaqti kelganini ham ta‘kidladi.

O‘tgan oyda prezident Nursulton Nazarboyevning yana bir muddat prezidentlikda qolish niyatida ekani ma‘lum qilingan edi.

Qozog‘istonda prezidentlik saylovi 2012 yilda bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG