Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:55

Tariq Aziz o‘lim jazosiga hukm qilindi


Iroq sobiq diktatori Saddam Husaynning "o‘ng qo‘li" Tariq Aziz hamda yana ikki yuqori lavozimli sobiq amaldor o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Tariq Aziz Saddam Husayn hukumatida bosh vazir muovini – tashqi ishlar vaziri bo‘lgan edi.

Muxolifatdagi diniy partiyalar, shu jumladan, shialar partiyalari liderlari va faollarini quvg‘in qilganlikda aybdor topilgan Aziz dorga osib qatl qilinadigan bo‘ldi.

Hukmni sud hay‘ati raisi Mahmud al-Hassan o‘qib eshittirdi:

1969-yili qabul qilingan Iroq Jinoyat kodeksining 406- moddasiga binoan Tariq Aziz o‘lim jazosiga hukm qilindi.

2009 yili Aziz 1992 yilda 42 savdogarni qatl qildirgani uchun 15 yilga, Iroq shimolidan kurdlarni majburan ko‘chirtirgani uchun yana 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Iroq sudi, shuningdek, sobiq ichki ishlar vaziri Saadun Shakar va Saddam Husaynning sobiq kotibi Obid Xamudlarni ham qatlga hukm qildi.
XS
SM
MD
LG