Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:24

Vashington Kobulga "qopda pul" bermaydi


AQSh Afg‘oniston rasmiylariga "qopda pul" bermaydi, deb bayonot berdi Oq Uy vakili Robert Gibbs.

Uning aytishicha, Vashingtonning Kobulga berayotgan yordamlari hukumatning rasmiy dasturlari doirasida amalga oshiriladi.

Bu bayonoti bilan Robert Gibbs Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzayning o‘z ma‘muriyati AQShdan ba‘zida naqd pul olib turishi to‘g‘risidagi bayonotini rad etdi.

Bunday bayonotni Karzay dushanba kungi chiqishida, Afg‘oniston rasmiylari Erondan moliyaviy yordam olib turishini tan olganida qilgan edi.
XS
SM
MD
LG