Линклар

Bugun Rossiyaning Astraxan shahrida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon prezidentlarining Tog‘li Qorabog‘ muammosi bilan bog‘liq vaziyatni izga solish istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuv arafasida - cyeshanba kuni Tog‘li Qorabog‘ mojarosi zonasida Ozarbayjon harbiylari bilan otishma davomida o‘zini Ozarbayjondan mustaqil, deb e‘lon qilib olgan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi harbiy xizmatchisi o‘ldi.

Armaniston Ozarbayjonni tinchlik to‘g‘risidagi kelishuvni buzganlikda va mojaro zonasida barqarorlikka putur yetkazishga uringanlikda aybladi. Ozarbayjon tomoni qanday munosabat bildirgani hozircha ma‘lum emas.
XS
SM
MD
LG