Линклар

logo-print
O‘zbekistonda uyida Iso alayhissalom haqidagi filmni saqlagan nasroniy fuqaro 3 million so‘mdan oshiqroq jarimaga tortildi.

Bu haqda “Forum 18” tashkiloti bergan xabarga ko‘ra, Murod Jalolov ismli fuqaroning uyidan Amerikada tayyorlangan nasroniylik diniga oid boshqa video materiallar ham musodara qilingan.

Rasmiylarga ko‘ra, Jalolov missionerlik maqsadida noqonuniy diniy materiallarni saqlagani uchun jarimaga tortilgan.

U bilan birga ko‘chada aholiga xristian diniga oid kitoblarni taklif qilgani uchun hibsga olingan yana besh kishi katta miqdordagi jarimalarga tortildi. Ularning jarima haqidagi hukmni bekor qilish yuzasidan bergan shikoyat arizalari ham qondirilmadi.

"Forum 18" tashkiloti kuzatuvlariga ko‘ra, 2010 yil davomida O‘zbekistonda 100 ga yaqin nasroniy fuqaro turli miqdordagi jarimalarga tortilgan.
XS
SM
MD
LG