Линклар

O‘zbekistonlik Tae-Kvon-Do ustalari Chexiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ikkita oltin va ikkita kumush medal bilan vatanlariga qaytishdi.

Diana Xan bir oltin va bir kumush, Hakim Musulmonov bir oltin va Husniddin Qurbonov kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Hakim Musulmonov O‘zbekistonga jo‘nab ketish oldidan Praga aeroportida Ozodlik muxbiri bilan suhbatda kelajakda butunjahon miqyosidagi musoboqalarda ham g‘olib bo‘lishga umid qilayotganini aytdi.

- Xudo xohlasa, kelgusi musoboqalarda O‘zbekiston bayyorog‘ini yana ham balandroq ko‘taraman,- dedi chempion. Tae-Kvon-Do bo‘yicha Pragada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida 40dan ortiq mamlakatdan sportchilar qatnashdi.
XS
SM
MD
LG