Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:53

Markaziy Osiyoning "elektron" yoshlari forumda yig'ilishdi


Markaziy Osiyoning "elektron dunyo"da faol yoshlarining forumi DYCA ("Digital Youth of Central Asia") deb nomlanadi va har yili yuzlab faol yoshlarni Dushanbe shahrida to'playdi.
Markaziy Osiyoning "elektron dunyo"da faol yoshlarining forumi DYCA ("Digital Youth of Central Asia") deb nomlanadi va har yili yuzlab faol yoshlarni Dushanbe shahrida to'playdi.
29-31 oktabr kunlari Tojikistonning so'lim shaharlaridan biri bo'lmish Dushanbe shahrida "Markaziy Osiyo Elektron Yoshlari" (Digital Youth of Central Asia) forumi bo'lib o'tdi. Mintaqaning deyarli har bir davlatidan yoshlar qatnashgan ushbu forumning asossiy maqsadlaridan biri bugungi kunning yangi elektron texnologyalari va ular yordami bilan kunning dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini yechishga qaratilgan.

Forum bugungi kunda dunyo bo'ylab yoshlar orasida keng yoyilgan BarCamp formatida o'tdi. Ya'ni, forumning oldindan belgilangan kun tartibi bo'lmasdan, forum boshlanganda kun davomida o'z mavzulari bilan chiqish qilmoqchi bo'lgan qatnashchilar kun boshida berilgan jadvalga ismi, mavzusi, chiqish vaqti va auditoriyasini yozib qo'yadi. Boshqa forum qatnashchilari qiziqqan mavzulari bo'yicha belgilangan auditoriyalarga aytilgan vaqtda kelib leksiyalarni eshitishlari mumkin.

"Markaziy Osiyo Elektron Yoshlari" forumi 2008 yildan beri Dushanbe shahrida har yili o'tkazilib keladi. Oldingi forumlarga qaraganda, bu yilgi forumda bir qator chet el davlatlaridan "elektron dunyo"da faol yoshlar qatnashishdi. Forumdagi leksiyalarning mavzulari ham oldingilariga solishtirganda ancha qiziq bo'ldi. Forum davomida elektron hukumat, internetda berkitilgan veb-saytlarni ochish usullari, blog va mikroblog, ta'limot tizimida internet texnologiyarini qo'llash mavzulari eng qiziq va eshituvchilari ko'p mavzulardan bo'ldi.

Forum Dushanbe shahridagi Ma'lumot-kommunikatsiya Texnologiyalari Markazi (MKT Markazi) tarafidan bir qator homiylar yordamida tashkil etildi. Markazning loyihalar bo'yicha rahbari Madina Sharipovaning "Yosh to'lqin" bilan bo'lgan suhbatida aytishicha, bu yilgi "Elektron yoshlar forumi" kutilganday qiziq mavzularga boy o'tdi va qatnashchilarning soni oldingi forumlarga qaraganda ancha ko'p bo'ldi.



O'zbekistondan kelgan va ismini aytmaslikni so'ragan o'zbekistonlik qatnashchiga ham yoshlar forumi yoqib tushdi.

- Forum yaxshi o'tdi. Mavzularning ko'pi qiziqarli. Menga yoqqan eng qiziq mavzu bu elektron hukumat mavzusi bo'ldi. Yaxshi bo'lar edi bizda ham shunga o'xshash loyihalar qilinsa. Afsus O'zbekistondan qatnashchilar oz bo'ldi. Menimcha ko'pchilik viza muammolari bo'lgani uchun kelolmadi.

Real dunyoda uchrasholmagan yoshlar "elektron dunyoda", ya'ni internetda uchrashib, o'sha erda fikr almashishar, degan umiddamiz. Ahir hozircha "elektron dunyoga" chiqish uchun viza kerak emas-da.
XS
SM
MD
LG