Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:05

Bag‘dod cherkovidagi amaliyotda 52 kishi o‘ldirildi ba


Bag‘dod markazidagi cherkovda qurolli shaxslar garovga olgan o‘nlab odamni qutqarish uchun xavfsizlik kuchlari o‘tkazgan amaliyot chog‘ida kamida 52 kishi o‘ldirildi.

Xabarlarga ko‘ra, o‘ldirilganlarning biri ruhoniy, 10 nafari politsiya vakili va qolganlari garovga olingan kishilar bo‘lgan. Hozircha garovga olinganlarning hukumat kuchlari yohud janggarilar qo‘lidan o‘lganiga oid ma‘lumotlar oshkor qilingani yo‘q.

Qurolli shaxslar avval bir do‘konga hujum qilib, ikki qo‘riqchini o‘ldirgan va undan keyin cherkovga kirib, uning ichida 120 kishini garovga olgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, qurolli guruh Al-Qoidaning qamoqdagi bir a‘zosi ozod qilinishini talab qilgan.

Iroqda esa jami 1 million 500 mingga yaqin mahalliy nasroniylar istiqomat qiladi.
XS
SM
MD
LG