Линклар

logo-print
Joriy yilning 10 noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida mintaqa yoshlarining yana bir yig‘ini - JashtarCamp 2010 yoshlar norasmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirning asosiy maqsadi - mintaqaning faol yoshlarini bir joyga to‘plash, ularni o‘z qilayotgan ishlaridagi muammo va yutuqlarini boshqalar bilan almashish va ular orasida muloqot o‘rnatish.

Sizda o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin - "Nima uchun aynan norasmiy konferensiya?" Tadbir asosiy tashkilotchisi bo‘lmish Bishkek Tadbirkorlar Klubining xodimi Mirbek Toktogaraevning "Yosh to‘lqin" bilan bo‘lgan suhbatida aytishicha, konferensiya so‘zi rasmiy ma‘noga ega va reglamentlashgan va kun tartibi oldindan belgilangan tadbirni eslatadi.

JashtarCamp yoshlar norasmiy yig'ini Bishkekda ikkinchi marotaba o'tkazilmoqda. Shu yilning sentabr oyida Qozog'istonning birinchi ZhasCampi o'tkazildi.
- JashtarCamp 2010 esa Markaziy Osiyo yoshlari orasida keng tarqalayotgan BarCamp formatida o‘tadi. BarCamp bu norasmiy tadbir va faol yoshlarning bir biri bilan tanishish va fikr almashish maydoni. Bugungi kun yoshlarining e‘tiborini jalb qilish uchun "fan" (ingl. fun - qiziq tadbir, o‘yin-kulgi) ko‘proq ishlatilishi kerak. Ahir bu yoshlarda. Shuning uchun ham tadbirimizni aynan norasmiy konferensiya deb nomlashni to‘g‘ri topdik, deydi Mirbek Toktogaraev.

Tashkilotchilarning aytishicha, JashtarCamp 250 ga yaqin mehmonlarni kutmoqda. Ularning uchidan 25 mehmon Qozog‘istonning bir qator shaharlaridan kelishadi. Ularning kelishini Qozog‘sitondagi Soros fondi uyushtirmoqda. Qirg‘izistondagi Soros fondi 24 qatnashchini mamlakat regionlaridan kelishiga homiylik qilmoqda. Afsuski, O‘zbekistondan keladigon qatnashchilarga homiylar yo‘q. Shuning uchun bo‘lsa kerak, O‘zbekistondan hech kim qatnashish uchun hujjat topshirmagan, deydi Mirbek Toktogaraev.

- Albatta, agar O‘zbekistondan yo‘l kirasini o‘zlari to‘lay oladigan qatnashchilar bo‘lsa kelishlari mumkin. Biz ularga yashash uchun joy topib beramiz. Bishkeklik qatnashchilarning ko‘pi mehmonlarni o‘z uylarida joylash istagini bildirgan. Bu ham BarCamplarda odat bo‘lgan praktika, deydi tadbirning yana bir tashkilotchisi Nurayim Risqulova.

Moliyaviy qiyinchiliklar sababmi, yoki Qirg‘izistondagi hozirgi tarang vaziyat sababmi, JashtarCamp 2010 yoshlar norasmiy konferensiyasiga O‘zbekistondan mehmonlar kelmaydiganga o‘xshaydi. Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tgan DYCA 2010 forumida ham O‘zbekistondan sanoqli qatnashchilar kelgan. Agar shunday bo‘laveradigan bo‘lsa yaqin kelajakda O‘zbekiston yoshlari mintaqaning faol yoshlari tarmog‘idan chetda qolishi hech gap emas.
XS
SM
MD
LG