Линклар

logo-print

Qirg‘iziston Oliy sudi Alisher Soipov ishini ko‘rib chiqadi


3 yil burun vaxshiylarcha otib o'ldirilgan o'shlik jurnalist Alisher Soipov.

3 yil burun vaxshiylarcha otib o'ldirilgan o'shlik jurnalist Alisher Soipov.


Qirg‘iziston Oliy sudi sudlanuvchi Abdufarid Rasulovning advokati so‘roviga binoan o‘shlik jurnalist Alisher Soipovning o‘ldirilishiga oid ishni ko‘rib chiqadi.

Alisher Soipov uch yil muqaddam O‘sh shahrida otib ketilgan edi. Uning hamkasblari va qarindoshlari jurnalistning o‘limi kasbiy faoliyati bilan bog‘liq, deb hisoblaydi.

Xususan, jurnalistning otasi o‘g‘li o‘limida O‘zbekiston maxsus xizmatlari qo‘li borligi haqida ko‘p bor ta‘kidlagan.

Alisher Soipov O‘shda “Siyosat” nomli gazetani chop etgan va o‘z chiqishlarida ko‘p bor O‘zbekiston hukumatini keskin tanqid qilgan edi.
XS
SM
MD
LG