Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:41

Yaponiya Moskvadagi elchisini chaqirtirib olmoqchi


Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedevning Kuril orollariga tashrifi Rossiyaning Yaponiya bilan aloqasini buzdi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedevning Kuril orollariga tashrifi Rossiyaning Yaponiya bilan aloqasini buzdi.
Yaponiya Rossiya prezidenti Dimitriy Medevyedevning Kuril orollari safari ortidan Moskvadagi elchisini vaqtincha chaqirib olish niyatini ma‘lum qildi.

Tashqi ishlar vaziri Seyji Mayehara yapon diplomatidan Rossiya prezidentining Kurildagi to‘rt orollardan biriga safariga oid tafsilotlarni so‘rash niyatida.

Medvyedevning bu orollarga safari ikki davlat o‘rtasida bahsli hudud - Rossiyada “Kuril orollari”, Yaponiyada esa “Mamlakatning shimoliy hududi” deb ataladigan orollar tizmasiga Kreml yetakchisi qilgan ilk safar bo‘ldi.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sovyet armiyasi egallagan bu hududga Yaponiya ham da‘vogarlik qilib keladi va shu mojaro ikki davlat o‘rtasida Tinchlik kelishuvi imzolanishiga to‘siq bo‘lib turgan asosiy muammodir.

Tokiodan olingan xabarlarga ko‘ra, Bosh vazir Naoto Kan Dimitriy Medvyedev bilan keyingi haftaga belgilangan uchrashuvni bekor qilganicha yo‘q. Keyingi haftada Tokioda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a‘zo davlatlar uchrashuvi bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG