Линклар

Tehronda amerikalik sayyohlar ustida sud qoldirildi


Eronda josuslik aybi bilan hibsda qolayotgan amerikalik sayyohlar ustidan Tehron mahkamasida 6 noyabrga belgilangan sud majlisi qoldirilgani ma‘lum bo‘ldi.

Eron Bosh prokurori G‘ulom Husayn Muhsiniy Ejeyi sud mahkamasi noma‘lum muddatga qoldirilganini ayblanuvchilardan biri Sara Shourd ozod qilingani va sudga jalb etilishi lozimligi bilan izohladi.

Shourd Oman vositachiligida 14 sentabr kuni garov puli evaziga ozod qilingach, AQShga uchib ketgan edi.

Shourdning oila a‘zolariga ko‘ra, u sudga qaytish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Uning sheriklari Josh Fattal va Sheyn Bauer hamon hibsda qolmoqda.

Uchovlon o‘zlarining aybsizligi va o‘tgan yilnging 31 iyul kuni Iroqning Eron bilan chegara hudularidagi tog‘larda yurgan paytida adashib qo‘shni davlat hududiga o‘tib qolganlarini ta‘kidlab kelmoqda.
XS
SM
MD
LG