Линклар

logo-print

Medvyedevning Kurilga safari diplomatik mojaro chiqardi


Prezident Dmitriy Medvyedev Yaponiya da‘vogarlik qiladigan Kuril orollariga qadam bosgan birinchi Rossiya rahbari bo‘ldi.

Medvyedevning Kunashir oroliga tashrifi uning noyabr oyi o‘rtalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo va Tinch Okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida qatnashish uchun Yaponiyaga qiladagan safari oldidan amalga oshmoqda.

Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan Medvyedevning Kuril orollariga qadam bosishi “o‘ta taassufli” holdir, deya bayon qildi. Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Seyji Mayehara Rossiyaning Tokiodagi elchisini chaqirtirib, norozilik notasini topshirdi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yaponiyaning harakatlarini “qabul qilib bo‘lmaydigan”, deya atadi:

- Yaponiya tomonining prezident Medvyedev Kuril orollariga qilgan safariga munosabati qabul qilib bo‘lmaydigan holdir. Bu bizning yerimizdir va Rossiya prezidenti Rossiya yeriga safar qildi, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Lavrov Yaponiyaning Moskvadagi elchisi chaqirtirilib, unga Rossiya pozitsiyasi tushuntiralajagini ta‘kidladi.

Sovyet Ittifoqi Kuril orollarini Ikkinchi Jahon Urushidan keyin bosib olgan va o‘shandan beri bu mintaqa ustidagi munozaralar Moskva bilan Tokio o‘rtasidagi munosabatlarga ta‘sir etib keladi, xususan, ikki tomon o‘rtasida rasman tinchlik kelishuvining imzolanishiga to‘sqinlik qilib kelgan yagona muammodir.
XS
SM
MD
LG