Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:14

O‘zbekistonlik o‘smir futbolchilar jahon chempionatida qatnashadi


O‘zbekistonning futbol bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionatida o‘smir futbolchilar Suriya bilan o‘yinda 2-1 hisobiga g‘alaba qozondi va 2011 yilda Meksikada bo‘ladigan chempionatda qatnashish imkonini qo‘lga kiritdi.

Bunga qadar faqat bir bor O‘zbekiston yoshlari futbol jamoasi jahon chempionatida ishtirok etgan edi.

Toshkent ikkinchi bor o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda va o‘zaro bahslashayotgan komandalardan eng yetakchi to‘rt jamoa Meksikada bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etadi.
XS
SM
MD
LG