Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:42

O'zbekistonlik mashxur insonlar internetda vaqt o'tkazishadimi?


O'zbeksiton prezidenti Islom Karimovning Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog'idagi "shaxsiy" sahifasi.
O'zbeksiton prezidenti Islom Karimovning Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog'idagi "shaxsiy" sahifasi.
21 asr internet asri deb bejiz aytilmasa kerak. Bundan 20-30 yil avval futurist yozuvchilar bashorat qilgan va o'sha vaqtda kulgili bo'lgan narsalar bugun ro'yobga chiqmoqda. Bugun rijovlarngan mamalakatlarda inson o'z kundalik hayotini internetsiz va internetdagi ijtimoiy tarmoqlarsiz tassavvur qila olmaydi.

Masalan, dunyoga eng katta bo'lgan internet ijtimoiy tarmog'i bo'lmish Facebook kompaniyasining bergan statistikasiga ko’ra, bugunga kelib bu tarmoqda 500 milliondan ortiq faol foydalanuvchi bor va ular bir oyda jami bo’lib taqmoq ichida 700 milliard (!) daqiqa sarflashadi. Bu esa 486 111 111 kun, 1 331 811 yil degani. Bir hisoblab koring-a. Aqlga sig’maydigan raqamlar!

Ohirgi kunlarda internet ijtimoiy tarmoqlari chindan ham insonlarning kundalik hayotida muxim rol oynamoqda. Ayrimlar buni inson hayot tarziga zararligini, insonlar real hayotni esdan chiqarib, virtual hayotga qiziqishi ortayotganini aytsa, boshqalar buning foydali taraflariga e’tibor berib, ijtimoiy tarmoqlar bilan o’z ishlarida foydalanishmoqda.

Tanqidlar qanchalar ko’p bo’lmasin, bugungi kunda hamma internetda. AQSh prezidenti Barak Obamadan tortib pop-yulduz Britni Spirsgacha. Qiziq, o’zbekistonlik mashxur insonlar ham internetadgi ijtimoiy tarmoqlarda o’z vaqtlarini o’tkazisharmikin? Bu savolga javob izlab, “Yosh to’lqin” komandasi Markaziy Osiyo mintaqasida mashxur bo’lgan Facebook va Odnoklassniki.ru internet ijtimoy tarmoqlarida kichkina bir izlanish o’tkazdik.

Izlanishimizing natijalari quyidagilar bo’ldi:

1. Islom Karimov, O’zbekiston Respublikasining prezidenti – Odnoklassniki.ru tarmog’ida shaxsiy sahifasi bor. Albatta, bu sahifani prezidentning o’zi olib boradi deyish kulgili. Lekin bir narsa aniq – olib boruvchi inson Islom Karimovning asl yoshini bilmaydi va prezidentning sahifasida “Poker”, “Fermerlar hududi” va “Shaharlik gangsterlar” kabi o’yinlarga qiziqadi. Facebookda ham Islom Karimovning bir nechta sahifasi va guruhlari bor.

2. Islom Karimov, O’zbekiston prezidentining nabirasi – Karimovlar oilasining internet bilan eng faol foydalanadigan a’zosi. Islomjonning Facebook va Odnoklassniki.ru tarmoqlarida shaxsiy sahifalari bor. U Facebookda o’zining fanatlari uchun sahifa ham ochgan. Islomjon Karimov internetdagi FormSpring savol-javob xizmatidan ham faol foydalanadi. Hohlagan inson Islomjon Karimovga bu link orqali o’z savollarini berib, javobini ham shu erda mumkin.

3. Lola Tillaeva-Karimova, O’zbekiston prezidentining kenja qizi – aytishlaricha, Facebook tarmog’idagi shaxsiy sahifasida ancha faol. Opasi Gulnora Karimovaga o’xshab Lola Kaimovaning ham shaxsiy veb-sahifasi bor.

4. Yulduz Usmonova, qo’shiqchi – Yulduz opa Facebookning ashaddiy muxlislaridan biri. Facebookda Yulduz Usmonovaning shaxsiy sahifasi va guruhi bor. Boshqa qo’shiqchilarga o’xshab yanqi qo’shiqlariga linklar berish bilan cheklanib qolmasdan, Yulduz opa Facebookdagi sahifasida o’z fikrlarini ham yozib turadi. Shuning uchun ham bo’lsa kerak, Yulduz opaning bu tarmoqda ko’p do’stlari bor.

5. Diana Yagofarova, akstrisa – O’zbekning super-kelinchagi “trnetdan” nafaqat tandirga olov yoqish va non yopishni, balki Facebook va Odnoklassniki.ru tarmoqlari bilan faol ishlashni ham o’rgangan ko’rinadi. Super-kelinchakning bu ikkala tarmoqda ham shaxsiy sahifasi bor.

6. Ravshan Ermatov, referi – Ravshan akaning na Facebookda, na Odnoklassniki.ru da shaxsiy sahifalari bor. Albatta, ahir koptok tepish va referilik qilish kompyuter monitoriga termulib o’tirishdan ancha qiziqroq-da. Lekin bu tarmoqlarda Ravshan Ermatov uchun ochilgan bir qator fanatlarning guruhlari bor (Facebook).

7. Ulugbek Qodirov, aktyor – Minglab o’zbek qizlarning hayolini o’girlagan Ulugbek Qodirov Facebookda yo’q, lekin Odnoklassnikida uning bir nechta shaxsiy sahifalari bor. Ulardan faqat bittasigina uning haqiqiy sahifasiga o’xshaydi. Qolganlari esa Ulug’bekning qizlar orasida mashxurligiga sherik bo’lish ilinjida ochilgan qalbaki shahifalarga o'xshaydi.

Va bir qator boshqalar. O’zbekistonlik mashxur insonlarning va ularning bolalarining internet bilan faol foydalanishini ko’rib ko’zimiz quvondi. Yaqin kunlarda ularning safi yana ham kengayadi degan umiddamiz.

Aziz mushtariy, siz o’zbekistonlik mashxur va internetda faol bo’lgan yana qaysi insonlarni taniysiz?
XS
SM
MD
LG