Линклар

O'zbekistonda benzin tanqisligi kuchayib, yo'l kiralarning narxi oshib turgan pir paytda, .uz domenida www.oqyol.uz xizmati o'z ishini boshladi. Bu xizamt o'zbekistonliklarga avtostop bilan yurishga, ya'ni o'z ishi bilan biror bir manzilga ketayotgan xaydovchiga bepul yoki arzon kiraga sherik bo'lish imkonini beradi.

Oq yo'l internet xizmati O'zbekistonning 150 shahar va qishloqlarini o'z ichiga oladi. Agar siz, deylik, Toshkent shahridan Andijon shahriga o'z avtomobilingizda bormoqchi bo'lsangiz va yo'lda zerikmaslik uchun sheriklar qidirayotgan bo'lsangiz, Oq Yol saytida ro'yxatdan o'tib, o'z eloningizni qoldirishingiz mumkin. Albatta, xizmatingizni bepul yoki pulliligini yozishni unutmang. Sizning eloningizga qiziqqan "tekinxo'r" siz qoldirgan telefon orqali siz bilan boylanib, yo'lga chiqish haqida bafurja kelishib oladi.

"Yosh to'lqin" Oq yo'l loyihasi ustida ish olib borayotgan guruhning etakchisi Artyom Melikov bilan bog'lanib, loyihaning maqsadlari va oldinga qo'ygan rejalari haqida so'radi:

- Oq yol Markaziy Osiyodagi yangi veb-xizmat. Shu yilning 1 noyabrida ishga tushurdik. Avtostop madaniyani asosan Amerika va Evropa davlatrarida keng yoyilgan. Biz bu loyihamiz bilan avtostopni O'zbekistonga, so'ng mintaqaning boshqa davlatlariga olib kelmoqchimiz. Benzin qimmat va moshinalar yo'llarni to'ldirib ekologiyaga ziyon yetkazib turgan bir paytda, avtostop bu muammolarni echishi mumkin.
Veb-xizmat yangiligi uchunmi yo O'zbekistonda avtostop madaniyati keng tarqalmaganligi uchunmi hozirda veb-sahifada faqat taksichilarning e'lonlarini topish mumkin. Bepul e'lonni hozircha hech kim bergani yoq.

Biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilaridan bu xizmat haqida so'radik. Xizmat yangiligi uchun bo'lsa kerak, ko'pchilik u haqida eshitmagan. Lekin loyihaning g'oyasi ularga qiziq ko'rindi:

- Bu yaxshi narsa-ku! Zo'r bo'laridi agar bu loyiha kengayib avtostopchilar va ularni olishga rozi bo'lgan xaydovchilarning soni ko'paysa. Taksichilarning sho'ri quriydiganga o'xshaydi, deydi toshkentlik Bahodir.
Oq yo'l avtostopchilar sayti kabi xizmatlar internet olamida keng tarqalgan. Ulardan biri Digi Hitch va Dovezu veb xizmatlari. Ular ham Oq yo'l kabi o'z foydalanuvchilariga bepul yoki arzon narxda sayohat qilgani imkon yaratadi.

- Biz bu xizmatni O'zbekistonda sinovdan o'tkazmoqdamiz. Chunki o'zimiz o'zbekistonlikmiz. Agar sinov natijalari yaxshi bo'lsa, biz bu loyihani mintaqa mamalakatlari va Rossiyaga chiqaramiz. O'zi loyihaning boshidanoq asosiy trafikni Rossiyadan olishni ko'zlaganmiz, deydi Oq yo'l loyihasining yetakchisi Atryom Melikov.
Qani, Anjanga ketgani bir kishi bormi? Arzon!

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG