Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:52

O‘zbekiston rahbari Chernomirdin yaqinlariga ta‘ziya bildirdi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya sobiq Bosh vaziri Viktor Chernomirdin vafot etgani munosabati bilan uning yaqinlariga ta‘ziya izhor qildi.

Buni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib Regnum axborot agentligi xabar qildi.

Rossiya sobiq prezidenti Boris Yelsin davrida 1992 – 1998 yillarda Rossiya Bosh vaziri bo‘lib ishlagan Viktor Chernomirdin 3 noyabr kuni Moskvadagi o‘z uyida 72 yoshida vafot etdi.

Viktor Chernomirdinning vafoti munosabati bilan Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ukraina prezidentlari, shuningdek, Rossiya viloyatlari rahbarlari, deputatlar, taniqli siyosatchilar, huquq himoyachilari va muxolifat vakillari ta‘ziya izhor qildilar.

Chernomirdin juma kuni Moskvadagi Novodeviche qabristoniga dafn qilinadi.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvyedevning farmoniga ko‘ra, Viktor Chernomirdinni dafn etish marosimini tashkillashtirish uchun davlat komissiyasi tuzildi.

Dafn marosimi televideniye orqali bevosita ko‘rsatiladi.
XS
SM
MD
LG