Линклар

AQSh dollarining yevroga nisbatan kursi 4 noyabr kuni so‘nggi to‘qqiz oy ichida quyi darajaga tushdi.

Payshanba kuni ertalab London birjasida bir yevroning kursi bir dollar 42 sentga to‘g‘ri keldi.

Dollar kursining pasayishiga 3 noyabr kuni AQSh Markaziy banki iqtisodiyotni qayta izga solish uchun qo‘shimcha 600 milliard dollar ajratilishini e‘lon qilgani sabab bo‘ldi.

Tahlilchilar AQSh iqtisodiyoti uchun hukumat tomonidan 500 milliard dollar ajratilishini taxmin qilayotgan edi.
XS
SM
MD
LG