Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:29

O'zbeklar dunyo nigohida: O'zbekona navbat olish san'ati, go’zal Chorsu va shirin Soviet davri


O’zbekiston mintaqada chet elliklarning, ayniqsa chet eldan keluvchi turistlarning sevikli mamalakati, desak yanglishmagan bo’lamiz. Ular O’zbekistonning Buxoro, Xiva va Samarqand kabi go’zal va tarixga boy shaharlarini aylanib yurgan pir paytda, biz ularning bu joylardan olgan taassurotlarini internet orqali yaqindan kuzatib bormoqdamiz. Ho‘sh, bu gal internet o‘zbeklar va O’zbekiston haqida nima deydi?

Vladimir ismli rossiyalik fotojurnalist o’z blogida Samarqand va Buhoroga qilgan tashrifi haqida yozadi. Uning o’zbekona sarguzashtlari Toshkent aeroportida boshlanadi:

Toshkent aeroportidagi passport tekshirish nuqtasi o’zining hayoti bilan yashaydi. Chunki navbatda bizning guruhimiz hammadan oldin turgan edi. Bir zum o’tmasdan biz hammaning orqasi qoldik. O’zbeklar bizning oldimizga qanday qilib o’tib qolganini sezmadik ham. Eh, bu sehrgar osiyoliklar! Pasport tekshirish nuqtasidan o’tib bagajlarimizni kutayotganda men huddi basketboldagi ximoyachi kabi oldimga hech kimni o’tkazmaslikka harakat qildim. Lekin 20 daqiqalardan so’ng mening urunishlarim asrlar davomida kuchayib kelgan mahalliy urf-odatlar oldida kuchsiz ekanligi tushunishga to’gri keldi, deydi navbat olishda o’zbeklarga boy bergan Vladimir.
Samarqand va Buhoroni tamosha qilgani kelgan evropalik turist Tri ham O’zbekistondagi sarguzashtlari haqida o’z blogida yozadi. Mustaqillikni mamlakat qanchalar yuksaklamasin, yozadi Tri, ko’pchilik baribir Soviet davrini sog’inib eslaydi:

Buxoroga borish uchun men Fayzulla ismli taksistning moshinasiga o’tirdim. Yo’lda ketayotib benzin quyish uchun umrimda ko’rgan eng uzun navbatda turishga to’gri keldi. Aftidan O’zbekistonda yoqilg’i oz ko’rinadi. Taksist Fayzulla men uchratgan va Soviet davrini so’inib eslagan ko’pchikning birinchisi bo’ldi. Men bu erda Soviet davri bo’yicha bunday nostalgia borligini bilmas ekanman. Fayzullaning aytishicha, Soviet davrida yashash osonroq bo’lgan. U bemalol Polshaga, Ukrainaga va hatto Turkiyaga ham borib kelish imkoniyati bo’lgan. Endi esa Fayzulla bu haqida hatto o’ylamaydi ham, deb yozadi Tri.
Amerikalik yozuvchi va qo’shiqchi Dana Astman o’zining Toshkentdagi Chorsu bozorida ko’rganlarini eslab yozadi:

Bugun Chorsu bozoriga bordim. O’zbekistonga kelgan turistlarning barchasiga bu erga kelish tafsiya qilinadi. Oddiy sharqona boroz bo’lsa kerak-da, bunaqasini ko’p korganman-ku, deb oyladim boshida. Lekin Chorsuni ko’rib tezda fikrim o’zgardi – bunaqasini hali ko’rmaganman.

Chorsu juda ham katta. Men uning ichida aylanib yurib adashib qoldim. Hech qaerda adashmagan, yo’llarni tez eslab qoladigan mendek inson bu bozorda adashib qolishi mumkin emas deb oylagan edim. Bozor juda chiroyli bo’lib, uning markazida katta ko’k gumbaz bor. Uning atrofida esa past, tepasi lattlar bilan yopilgan sotuv shohobchalari bilan to’la, deb eslaydi bloger Dana Astman.
“Yo’sh to’lqin” O’zbekiston va o’zbeklar haqida yozayotgan turistlarning bloglarini yaqindan kuzatib borishni davom etadi.
XS
SM
MD
LG