Линклар

logo-print
Xitoy Prezidenti Xu Szin Taoning Fransiyaga davlat tashrifining birinchi kunida ikki davlatga qarashli shirkatlar 20 milliard AQSh dollariga teng qator shartnomalarni imzoladi.

Shartnomalar Xu Szin Taoning Fransiyaga uch kunlik tashirifi munosabati bilan Yelisey Qasrida uyushtirilgan marosim paytida imozolandi.

Xususan, 102ta Airbus uchqichlarini sotish va Areva shirkatining Xitoyda yadroviy yonilg‘ini ishlab chiqarish zavodini qurish hamda 10 yil davomida uranni yetkazib berishga oid shartnomalarga qo‘l qo‘yildi.

Payshanba kuni Fransiya Prezidenti Nikolya Sarkozi Xu Szin Taoni Orli aeroportida kutib oldi.

Qabul qilingan qo‘shma bayonotda Xu bilan Sarkozi ikki tomon rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarni o‘z ichiga oluvchi Katta Yigirmalik guruhi “xalqaro moliyaviy tizimni samaraliroq va xavfsizroq prinsiplarga ko‘ra, qayta yo‘lga qo‘yish lozim”ligini urg‘uladilar.
XS
SM
MD
LG