Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:14

O'zbekiston yo'sh futbo'lchilari Osiyoda ikkinchi o'rinda


O'zbekistonning futbol bo'yicha 16 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasi 7 noyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida o'tgan Osiyo chempionligining final o'yinida Shimoliy Koreyalik tengdoshlariga 2:0 hisobi bilan g'alabani boy berishdi.

Finalgacha yengilmasdan etib kelgan bu ikki terma jamoa final o'yinida katta mahorat ko'rsatishdi. "O'z uyingda devorlar ham yordam beradi" gapi to'gri shekillik, o'yin boshida o'zbekistonlik yoshlar Shimoliy Koreya terma jamoasining darvozasi oldida bir necha bor havfli vaziyatlarni uyushtitishdi. O'yinning 13 daqiqasida O'zbekiston terma jamoasining sardori Abbosbek Maxstaliev koreyaliklarning darvozasiga go'l urishda ham erishdi. Lekin bu vaziyatni laynsmen hakam o'yindan tashqari holat deb baholadi.

O'zbekistonliklar uchun 32 daqiqa esda qolarlik bo'ldi - Sardor Raxmonov, O'zbekiston terma jamoasining markaziy ximoyachisi, o'yin qoidalarini buzganligi uchin qizil kartochka olib, oyindan chetlatildi.

O'yinning ikkinchi yarmini jadal boshlaganligiga qaramasdan, O'zbekiston terma jamoasining ozchiligi yaqqol sezilib turdi. Bir necha urunishlardan so'ng, Shimoliy Koreya o'yinchisi Ri Kvan Il 75 daqiqada O'zbekiston darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. O'yinning tugashiga 5 daqiqa qolganda esa koreyalik Chjo Kvan daarvozabon G'anisher Xolmurodovni dog'da qoldirib, hisobni 2:0 qildi. 87 daqiqada o'zbekistonliklarning g'alabadan umuman umidi uzildi - hakam ikkinchi sariq kartochka uchun Abbosbek Maxstalievni o'yindan chetlatdi.

Osiyo chempionligining finalida g'alabani boy bergan bo'lsada, O'zbekistonning futbol bo'yicha 16 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasi kelasi yil Meksikada o'tkaziladigan 17 yoshgacha bo'lgan yoshlar orasidagi Jahon birinchiligida qatnashish huquqida ega bo'ldi.
XS
SM
MD
LG