Линклар

logo-print
O‘sh shahriga yaqin Qizil qishloq va Ishkavon mavzelaridagi o‘zbeklarga tegishli yerlarni bosib olgan qirg‘izlar bilan O‘sh viloyat rahbari So‘o‘ro‘nbay Jeyenbekov uchrashib, ularga birovlarni yerlarini bosib olishi qonunsiz ekanligini uqdirdi.

Yer bosib oluvchilar esa viloyat rahbaridan o‘zlari bosib olgan yerlarni qonunlashtirib berishni bilan talab qilishdi.

Bu talabga javoban O‘sh gubernatori yerga muhtoj qirg‘izlarni sug‘oriladigan yer bilan ta‘minlash masalasini hal qiladigan komissiya tuzilishi haqida ma‘lum qildi.

Ayni paytda yeri bosib olingan o‘zbeklarning bu yil yetishtirgan hosili ham talon-taroj qilingani kuzatildi. Qizilqishloqlik Rasul Ergashev ana shundaylardan biri.

- Bu yil paxta ekuvdim¸ hosilni yig‘ishtirishga ham ulgurmovdik. Hozir bu yerimni tortib olib, paxtazorni tepalab tashlashibdi. Borib haqimni talab qilishga ham qo‘rqaman, deydi qizilqishloqlik Rasuljon Ozodlik bilan suhbatda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG