Линклар

Bugun, 10 noyabr kuni, Qirg'izistonning poytaxti bo'lmish Bishkek shahrida mintaqa yoshlarining yana bir norasmiy tadbiri - JashtarCamp 2010 "ishonaman, hal qilaman, ijod qilaman" shiori ostida bo'lib o'tdi. Tashkilotchilarning aytishicha, JashtarCamp 2010 mintaqaning faol yoshlarini bir joyga to'plab, ularni bir biri bilan tajriyba almashishga imkon beradi va ularning qiziqarli start-up, ya'ni loyihalarini homiylarga taqdim qilib, ularning moliyaviy yordamini olishda yordam beradi.

JashtarCamp o'zbek tilida tarjimasi YoshlarCamp. Bu tadbir Qozog'iston va Qirg'izistonda har yili yoshlarning o’zlari tarafidan uyushtiriladi. Bu tadbir Markaziy Osiyo yoshlari orasida keng tarqalayotgan BarCamp formatida o‘tadi. BarCamp bu norasmiy tadbir va faol yoshlarning bir biri bilan tanishish va fikr almashish maydoni. Bugungi kun yoshlarining e‘tiborini jalb qilish uchun "fan" (ingl. fun - qiziq tadbir, o‘yin-kulgi) ko‘proq ishlatilishi kerak. Ahir bu yoshlarda. Shuning uchun ham tadbirimizni aynan norasmiy konferensiya deb nomlashni to‘g‘ri topdik, deydi tashkilotchilardan biri Mirbek Toktogaraev.

JashtarCampning yana bir tashkilotchisi Nurayim Risqulovaning aytishicha, bu tadbirga mintaqaning bir qator mamalakatlaridan 350 ga yaqin faol yoshlar o'z loyihalari bilan yoki boshqalarning loyihalarini o’rgangani kelgan. Lekin O'zbekistondan qatnashchilar yo'q.



Tadbir so’ngida loyihalar yarmarkasi bo’lib o’tdi. Bir qator faol yoshlar o’zlarining yangi loyihalari bilan chiqish qilishdi. Loyihalarning eng yahshilari jyuri tarafidan tanlanib, amalga oshirilishi uchun homiylardan moliyaviy yordam olishdi.

- JashtarCamp yaxshi tadbir. Yoshlarni bu qadar yaqinlashtiradigan, tajriyba almashgani bundan yaxshi imkon yaratadigan tadbir yo’q. Shuning uchin bunday tadbirlar tez-tez o’tkazilib turilishi kerak. Men ozim bu galgi JashtarCampda juda ko’p faol yoshlar bilan tanishdim. O’ylaymanki kelajakda ham bir birimiz bilan aloqada bo’lamiz, deydi qatnashchilardan biri Arzimat ismli yosh yigit.

O’zbekistonda YoshlarCamp o’tkazilmaydi. Camp’lardan O’zbekistonda faqat BarCamp yoshlar konferensiyasi har yili Toshkent shahrida uyushtiriladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG