Линклар

Jalolobod viloyat sudi 10 noyabr kuni huquq himoyachisi Azimjon Asqarov va u bilan birga sudlangan shaxslar ishini qayta ko‘rib chiqib avvalgi sud qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Azimjon Asqarov O‘sh qirg‘ini chog‘ida Bozorqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi O‘sh-Bishkek yo‘lini to‘sib qo‘yish, militsiya xodimlarini o‘ldirish va tartibsizliklarni uyushtirish kabi hatti-harakatlarda ayblanib qamoqqa olingan edi.

2 sentabrdan 15 sentabrgacha davom etgan sud jarayonida Azimjon Asqarov va u bilan birgalikda sudlangan o‘zbek millatiga mansub 7 nafar sudlanuvchiga qarshi asosan militsiya xodimlari guvohlik bergan edi.

15 sentabr kuni Novken tuman sudi sudlanuvchilar Azimjon Asqarov va yana ikki kishini umrbod¸ qolgan to‘rt kishini 20 yilga va yana bir sudlanuvchini 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Biroq barcha mahkamalarda sudlanuvchilar o‘zlariga qo‘yilayotgan ayblovlarni inkor qilib kelmoqda.

10 noyabr kungi apellyatsiya sudida ertalab soat 8 yarimlarda boshlanganib kechki to‘qqizlarda tugagan. Azimjon Asqarov yaqinlariga mahkamaga kirishga ruxsat etilmagan.
XS
SM
MD
LG