Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:53

Uorholning "Koka-kola"si 35 million dollarga sotildi


Rassom Endi Uorhol chizgan Koka-kola butilkasining surati kim oshdi savdosida 35 million AQSh dollariga sotildi.

Oq va qora xolstga chizilgan bu suratning 20 yoki 25 million dollarga sotilishi taxmin qilingan edi.

9 noyabr kuni Nyu Yorkdagi “Sotbi” kim oshdi savdosida Ikkinchi jahon urushidan keyin yaratilgan zamonaviy san‘at asarlari savdoga qo‘yildi.

“Sotbi” vakillariga ko‘ra, shu kuni savdoga qo‘yilgan 54ta asarning 90 foizi ja‘mi 222 million dollardan ortiqqa sotilgan.
XS
SM
MD
LG