Линклар

logo-print

Rohat Aliyev internet ijtimoiy tarmoqlarining "dushmani"mi?


Rohat Aliyevning aytishicha, uning blogini yopish uchun Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboevning odamlari LiveJournal rahbariyatiga mo'maygina put to'lashgan.

Rohat Aliyevning aytishicha, uning blogini yopish uchun Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboevning odamlari LiveJournal rahbariyatiga mo'maygina put to'lashgan.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning sobiq kuyovi Rohat Aliyevning internetda LiveJournal blogplatformasidagi kundaligi sayt rahbariyati tarafidan yopildi. Rohat Aliev o'z sahifasining yopilishida rasmiy Ostonani aybladi.


9 noyabr kuni LiveJournal ma‘muriyati Aliyevga maktub yo‘llab o‘zgalarning shaxsiy hayotiga aralashgani uchun Rohat Aliyevga oid sahifa o‘chirib tashlanganligini bildirgan. Rohat Aliyev bu haqda o'zining shaxsiy veb-sahifasida yozdi. Rohat Aliyevning fikricha, Nursulton Nazarboevning polittexnologlari LiveJournal saytining rahbariyatiga uning blogini yopib tashlash uchun mo'maygina pul to'lagan.

Eslatib o'tamiz, Rohat Aliyev Qozog'istonni tark etib, evropada qochqin sifatida yashay boshlaganida o'ziga LiveJournal blogplatformasida sahifa ochgan edi. Bu sahifada u prezident Nazarboev olib borayotgan siyosatni faol qoralab kelgan. Sahifa ochilishidan ko'p o'tmasdan Qozog'istonning internet kanalini to'lig'icha boshqargan Qozoq telekom kompaniyasi LiveJournal saytini Qozog'iston ichida yopib qo'ygan edi. Shu bois Qozog'istondan internet kanalini oluvchi Qirg'izistonda ham LiveJournal yopilib qolgan edi. (Qo'shimcha 14.11.2010: Rohat Aliyevning blogi yopilgan kunning ertasigayoq Qozog'iston hukumati LiveJournal saytini qaytatdan ochib qoydi. Aytni paytda Qozog'istonda ham Qirg'izistonda ham LiveJournal bloglari to'siqsiz ochilmoqda)

Bundan oldin Mail.Ru portali Rohat Aliyevning kundaligi saytda ochilganidayoq ogohlantirishsiz yopib tashlagan edi. Rohat Aliyevning tahminicha, Mail.Ru ham Qozog'istonda yopilishidan cho'chigan.

Ayni paytda Rohat Aliyev o‘z kundaliklarini hozirgi kunda dunyodagi eng katta internet ijtimoiy tarmog'i Facebookga ko‘chirganini ma‘lum qildi.

- Qiziq, Nazarboevning polittexnologlari mening blogimni yopish uchun LiveJournal rahbariyatiga davlat byudjetidan necha millionlab pul to'lagan ekan... Ko'ramiz, Oq-Orda milliarder Mark Zukerbergni sotib olishga qurbi etarmikan? Chunki biz [Zukerbergga qarashli] Facebook ijtimoiy tarmog'iga ko'chayapmiz, deb yozadi Rohat Aliev o'zining saytida.

Rostdan ham qiziq, Nazarboevning odamlari Qozog'istonda ancha mashxur va talaygina foydalanuvchilari bo'lgan Facebook tarmog'ini yopa olisharmikin?

Rohat Aliev haqida qisqacha ma'lumot:

Sobiq kuyov¸ sobiq mulozim Rohat Aliyev 2007 yildan beri qochqinlikda yashaydi. Unga nisbatan Qozog‘istonda jinoiy ish ochilgan. Bu jinoiy ish ortidan uning rafiqasi Darig‘a Nazarboyeva Aliyev bilan ajralishga qaror qildi. Aliyev Qozog‘iston prezidenti haqida "Cho‘qintirgan qayinota" kitobini e‘lon qilgan.
XS
SM
MD
LG