Линклар

15 noyabr kuni Xitoyning Guanjo shahrida 16 Osiyo O'yinlari doirasida o'tkazilgan Qatar - O'zbekiston futbol o'yini (1/8) qiziqarli holatlarga boy bo'ldi. Xisob 0:0 bo'lib o'yinning ohiriga bir daqiqa qolganda, 7 raqam ostida o'yinga tushgan 18 yashar Qatarlik xujumchi Fahar Xalfan o'zbeklarning bo'sh darvozasini bir metrlik masofadan ishg'ol qila olmadi!

O'yindan so'ng bir zumda bu holatning video lavhalari internetda, ayniqsa Youtube video saytida to'lib ketdi. Futbol muxlislari bu holatni "epic fail" - o'zbekchasiga aytganda "eng katta qovun tushirish", deb baholashdi.

O'yin o'zbekistonlik Ivan Nagayevning qo'chimcha taymda kiritgan yagona go'li bilan 1:0 xisobida O'zbekiston terma jamoasi foydasiga yakunlandi.


O'zbek futbolini tanqidlab chiqgan marhum satirik Xojiboy Tojiboev agar tirik bo'lganda edi, bu vaziyat ustidan bir shingil xazil qilib bergan bo'lar edi. Nima deysiz, aziz mushtariy?

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG