Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:52

Bishkekda aprel voqealari bo‘yicha sud boshlandi


2010 yilning 7 aprelida hukumat binosi oldiga yig‘ilgan yuzlab namoyishchini o‘qqa tutganlikda ayblanganlar ustidan Bishkek shahar sudida boshlangan mahkama ishiga 50ga yaqin odamning ismi tirkalgani xabar qilinmoqda.

Ayblanuvchilar orasida eng asosiylari — sobiq prezident Qurmonbek Baqiyev va uning qarindoshlari, safdoshlarining hammasi xalqaro qidiruvda bo‘lgani bois ishning ularga oid qismi Harbiy sud ixtiyoriga o‘tkazildi.

Hozir Bishkek mahkamasida ishtirok etayotgan ayblanuvlarning asosiy qismini esa Davlat Milliy xavfsizlik xizmati maxsus qo‘shini hisoblangan “Alfa” guruhi va “Arstan” davlat qo‘riqlash xizmati sobiq xodimlari tashkil qilmoqda.

Ular jinoiy topshiriqlarni bajarish hamda ikki yoki undan ortiq kishini qasddan o‘ldirishga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Qariyb 50 tomdan iborat material yig‘ilgan tergov xulosalari bilan ko‘pchilik advokatlar tanishib ulgurmagani bois, huquq faollari, bu mahkamani shoshma-shosharlik bilan boshlandi, deya tanqid qilmoqda.

Qo'shimcha 17:00, 17.11.2010: Bishkekdan olingan so'ngi xabarlarga ko‘ra, sport saroyida o‘tayotgan sud majlisiga tanaffus e‘lon qilingan kezda kimdir olomon ichiga shisha uloqtirgan. Vahimadan tartibsizlik boshlangan paytda esa mahkama avvalidanoq shovqin solib turgan aprel voqealari qurbonlari yaqinlari sudlanuvchilar ustiga yopirilgan. Shunday tartibsizlik bo‘lishini kutgan militsionerlar olomonni tutib qolgani va sudlanuvchilar hamda advokatlar qisqa fursatda sud zalini tark etgani xabar qilinmoqda. Sud majlisi 18 noyabr ertalabki soat 9 ga qoldirilgan.
XS
SM
MD
LG