Линклар

logo-print
Ekologik masalalar, jumladan, transchegaraviy ekologik muammolar muhokamasiga qaratilgan xalqaro anjumanga mezbonlik qilayotgan Toshkent rasmiylari bu tadbirga Tojikistonni taklif qilmadi.

Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar bergan “Regnum” agentligi shu kunlarda o‘tkazilayotgan Toshkent anjumanida 60 dan ortiq xalqaro tashkilot va moliyaviy institutlar, 30 davlat vakillari ishtirok etayotgani haqida yozmoqda.

Anjuman diqqat markazida, xususan, transchegaraviy daryolardan foydalanish hamda Toshkent va Dushanbe o‘rtasida nizoga sabab bo‘layotgan gidroenergetik inshootlar qurlishining mintaqa ekologiyasiga ta‘siri ham qizg‘in muhokama etilayotgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG