Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:19

O‘shda o‘g‘irlab ketilgan Dilnozani kasalxonaga olib kelib tashlashdi


Dilnoza O‘ktamova O‘sh voqealari paytida va undan keyin zo‘rlangan yuzlab o‘zbek ayollarining biridir.
Dilnoza O‘ktamova O‘sh voqealari paytida va undan keyin zo‘rlangan yuzlab o‘zbek ayollarining biridir.

Bundan to‘rt kun avval 20 yashar qirg‘iz yigiti O‘shda o‘g‘irlab ketib, zo‘rlangani aytilayotgan to‘rt bolaning onasi Dilnoza O‘ktamovani tez yordam kasalxonasida behush holda topishdi. Bu haqda Ozodlikka xabar bergan o‘shlik huquq faoli Izzatulla Rahmatullayevga ko‘ra, Dilnozaning ahvoli og‘ir.


Izzatulla Raxmautllayev O‘sh shahridagi kasalxonadan turib, bularni gapirib berdi.

- Reanimatsiyada yotibdi. 14 noyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan. O‘ktamova Dilnozani hozir bizning tashabbuskor ayollar O‘sh shahar kasalxonasining reanimatsiya bo‘limidan topib kelishdi. Qiz juda og‘ir ahvolda yotibdi.

Ozodlik: Dilnoza O‘ktamovani kim bu ahvolga soldi?

- Buni o‘g‘irlab ketgan qirg‘iz yigitlari qilishgan.

Ozodlik: Ism familiyalari bormi?

- Hozircha noma‘lum. Qizni hozir bizning tashabbuskor ayollar borib topishdi, deydi Izzatulla Rahmatullayev.

To‘rt farzaandning onasi, 30 yashar Dilnoza O‘ktamovaning otasi Abdulhomid hoji aka hozir qizi yotgan kasalxonaga yetib borganini aytadi.

- Hozir og‘ir ahvolda. Ikki kundan beri ovqat yemabdi. Kalamush dori ichib yuboribdi, deydi Abdulhomid hoji.

Bundan oldin o‘shlik huquq faoli Izzatulla Rahmatullayev Dilnozani qanday qilib o‘g‘irlab ketilgani tafsilotlarini Ozodlik muxbiriga aytib bergan edi.

- Kuyov bilan ketayotgan paytda kuyovini urishib, kuyovini behol holda qilishib, o‘g‘irlab ketishgan. Tashabbuskor guruh bilan bordik. Borsak, ota-onalari qon qaqshab yig‘lab o‘tirishibdi. U yerga xalqaro tashkilot vakillari kelishibdi. Ota-onasi ariza yozib shahar militsiyasiga borishsa, otangga bor, enangga bor qilishib, qabul qilishmabdi. Oxiri xalqaro tashkilotlarning bosimi ostida qabul qildi, degan edi Izzatulla Rahmatullayev.

Dilnozaning otasi Abdulhomid hojiga ko‘ra, Dilnoza kasalxonada paytida uni qirg‘izlar ta‘qib qilishni boshlashgan, keyin esa kuyovini urib qizni olib qochib ketishgan.

- Kasalxonada edi. Bu uyiga kelganda, erini urib olib chiqib ketishgan. Uyiga borgan mahalda erini urib olib ketishgan. Kuyov bola qoniga botib, to‘rt bolasini yetaklab “qirg‘izlar qizingizni olib ketib qoldi”, deb keldi. Shuning buyog‘i to‘rt kundan beri yo‘q. U 20ga kirgan bola ekan. Bu 30ga kirgan to‘rt bolali qiz. Arizani ko‘tarib shahar militsiyasiga chiqsak, olmadi. Keyin BMT bilan borib zo‘rg‘a oldirdik, deydi Abdulhomid hoji aka.

O‘sh viloyat va shahar ichki ishlar boshqarmasi "Dilnoza O‘ktamovani zo‘rlaganlar qidirilyaptimi?" degan savolimizga¸ "Bundan xabarimiz yo‘q" deb javob berishdi.

O‘shda kuzatuvlar olib borayotgan HRU, Xalqaro amnistiya va Qizil xoch tashkilotlari yuzlab o‘zbek ayollarining jinsiy tajovuz qurboni bo‘lganini aytishadi.
XS
SM
MD
LG