Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:42

"Jasliq"da qiynoqlar tobora ayovsizlashmoqda


O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhiga ko‘ra, "Jasliq" qamoqxonasida qiynoqlar kamaymayapti, balki borgan sari vahshiyroq tus olmoqda.

Qiynoqlar va kaltaklar oqibatida "Jasliq" koloniyasi mahbusi 31 yoshli toshkentlik Mirkarim Saidkarimov majruh bo‘lib qolgan.
Bu haqda maxbusning onasi Klara Alimova O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhiga ma‘lum qilgan.

Mirkarim Saidkarimov onasiga 159-modda bilan qamalganlarni muntazam jarima hibsxonasiga qamashlari, urishlari, ko‘plarni o‘lguncha kaltaklashlarini aytib bergan.

Aprelda koloniyaga uchrashuvga kelgan Alimova azoblab o‘ldirilgan uch nafar mahkum haqida eshitganini ham aytgan.

Qoraqalpog‘istonning shimoliy chekkasida joylashgan "Jasliq" koloniyasi xalq orasida"borsa kelmas" nomini olgan.
XS
SM
MD
LG