Линклар

Ozarbayjonlik "eshak bloger" Adnan Hajizada ozod etildi (to'ldirildi)


Endigina qamoqdan chiqgan yosh bloger Adnan Hajizada o'z yaqinlarini ko'rishidan xursand.

Endigina qamoqdan chiqgan yosh bloger Adnan Hajizada o'z yaqinlarini ko'rishidan xursand.

2009 yil iyul oyida qamalgan ozarbayjonlik ikki taniqli blogerlarning biri Adnan Hajizada bugun qamoqdan ozod etidi. Blogerlar Adnan Hajizada va Emin Milli rasman mushtlashgani va bezorilik qilgani uchun qamalishgan. Lekin inson huquqlari tashkilotlarining aytishicha, aslida ular amaldorlarning kirdikorlarini satira orqali qoralagani uchun bunday jazo olishgan.


Bundan bir yarim yil oldin, ozarbayjonlik ikki yosh bloger Adnan Hajizada (26 yosh) va Emin Milli (30 yosh) davlat amaldorlarining Germaniyadan yuqori zotli ikki eshakni Ozarbayjonga improt qilish uchun davlat g'aznasidan 82 ming AQSh dollari xarajatlaganini qoralab, satirik video lavha tayyorlashgan edi. Video lavhada bir gurux ozarbayjonlik jurnalistlar germaniyadan kelgan eshakdan intervyu olayotgani tasvirga tushirilgan. Intervyu davomida eshak janoblari o’zining qimmatbaholigi, yuqori zotligi va unga Ozarbayjon yoqib tushganligi haqida gapiradi. Adnanning aytishicha, bu satirik video lavha orqali blogerlar Ozarbayjon halqiga bu muammoga jiddiy e'tibor qaratish kerakligini aytmoqchi bo'lishgan.

Yosh blogerlar Adnan va Emin tayyorlagan video lavhani tamosha qiling (Adnan Hajizada eshak rolida):



Video lavxa internet saytlariga chiqarilganidan ko’p o’tmasdan restoranda o'tirgan Adnan va Eminga bir gurux yosh yigitlar xujum qilishadi. Militsiyada esa xujum qilganlar o’zlarini jabrlanuvchilar deb ko’rsatib, Adnan va Eminni mushtlashishni boshlaganda ayblashadi. Sud maxkamasida Adnanga 2 yil, Eminga 2 yarim yil qamoq jazosi belgilanadi.

Emin va Adnanga berilgan jazo bir qator inson huquqlari va so'z erkinligini himoya qiluvchi tashkilotlar tarafidan qoralangan edi. "Eshak blogerlar" deb nom olgan Adnan va Eminni ozodlikka chiqarilishi uchun dunyo bo'ylab blogerlar tarafidan bir nechta aksiyalar ham o'tkazilgan edi. Lekin shu paytgacha bu urinishlar befoyda edi.

Belgilangan vaqtdan oldin chiqarilgan Adnan Hajizada bugun Ozodlik radiosining Ozarbayjon xizmatida mexmon bo’ldi. Adnanning aytishicha, uni va Eminni mushtlashishgani sabab emas, balki siyosiy sabablar tufayli qamashgan.

- Men o'zimni jinoyatkor deb hisoblamayman. Emin ham jinoyatkor emas. Shuning uchun Eminni ham yaqin kunlarda ozodlikka chiqarishlari va bizni to'liq oqlashlari shart, deydi bloger Adnan Hajizada.

Qo'shimcha 19.11.2010: Bugun "eshak blogerlar"ning ikkinchisi bo'lmish Emin Milli ham qamoqdan ozod etildi. Eminga 2009 yili ikki yarmi yil qamoq jazosi belgilangan edi. Sud Eminning qolgan bir yil jazo muddatini shartli ravishda o'tashini belgiladi.



Adnan Hajizadani ozodlikka chiqqasi haqidagi yangilik dunyo bo'ylab blogerlar va inson huquqlari tashkilotlari tarafidan iliq kutib oldindi.

Qiziq, O'zbekistonda ham Emin va Adnanga o'xshab amaldorlarning kirdikorlarini qoralaydigan dovyurak blogerlar bormikin?

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG