Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:45

Aprel voqealari bo‘yicha Bishkek sudi yana qoldirildi


2010 yilning 7 aprelida hukumat binosi oldiga yig‘ilgan yuzlab namoyishchini o‘qqa tutganlikda ayblanganlar ustidan Bishkek shahrida boshlangan sud majlisi yana qoldirildi.

Bishkekdan olingan xabarlarga ko‘ra, sud raisi buni advokatlarning tergov xulosasi bilan tanishish uchun qo‘shimcha vaqt so‘ragani bilan izohlagan.

Sud ishiga tirkalgan 50 ga yaqin ayblanuvchidan 28 nafari mahkamada ishtirok etmoqda. Bular Davlat Milliy xavfsizlik xizmati maxsus qo‘shini hisoblangan “Alfa” guruhi va “Arstan” davlat qo‘riqlash xizmati sobiq xodimlaridir.

Ular jinoiy topshiriqlarni bajarish hamda ikki yoki undan ortiq kishini qasddan o‘ldirishga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Ayblanuvchilar orasida eng asosiylari — sobiq prezident Qurmonbek Baqiyev va uning qarindoshlari, safdoshlari aksariyati xalqaro qidiruvda bo‘lgani bois, ishning ularga oid qismi Harbiy sud ixtiyoriga o‘tkazilgan.

Eslatamiz, 17 noyabr kuni boshlangan mahkamaning birinchi qismi aprel voqealari qurbonlarining sudda ishtirok etayotgan yaqinlari to‘poloni bois to‘xtatilgan edi.
XS
SM
MD
LG