Линклар

Qurultoy - Karimov: O‘zbekistonni mushtumzo‘rlar boshqarmaydi!


Karimovning 12 noyabr kuni parlamentda qilgan nutqi ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.

Karimovning 12 noyabr kuni parlamentda qilgan nutqi ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.

Qurultoyning bugungi eshittirishi mavzusini prezident Islom Karimov belgilab berdi. “O‘zbekistonni bundan keyin musht o‘qtalganlar boshqarmasin”, dedi O‘zbekiston prezidenti 12 noyabr kuni O‘zbekiston Oliy majlisining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida.

“Albatta, katta musht bilan boshqaradigan odam, rahbar, shaxs paydo bo‘lsa agar, shu tartib o‘rnatadigan gaplardan butunlay voz kechamiz endi, baraka topgurlar. Kuchli, musht ko‘taradigan, zo‘ravonlik qiladigan, o‘zining savlati bilan hammani qo‘rqitadigan odam endi bo‘lmaydi O‘zbekistonda”.

Qurultoyning bugungi sonida siësatshunos Kamoliddin Rabbimov, Germaniyada yashaëtgan o‘zbekistonlik jurnalist Anvar Usmonov, O‘zbekistondan inson huquqlari faoli Iskandar Xudoyberganov ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG