Линклар

logo-print

Mana bir necha yildirki Toshkent shahrida o’zbek “mobberlari” bir qator fleshmob aksiyalarini o’tkazib kelishmoqda. Bunday aksiyalar tez-tez o’tkazilib tursada, ko’pchilik toshkentliklar fleshmob nimaligi va unda kimlar qatnashishidan behabar.


Ho’sh, fleshmob nima ozi? Bu g’alati so’z qaysi tildan olingan? Fleshmob so’zi ingliz tilidagi “flash” (lahza, daqiqa, on) va “mob” (olomon, betartib to’da) so’zlarining birikmasi. Internetdagi eng katta ensiklopediya bo’lmish Vikipedianing yozishicha, fleshmob bu oldindan tayyorlangan olomon aksiyasi va uning qatnashchilari, ya’ni “mobberlar” jamoat joyida to’satdan paydo bo’lib, bir necha daqiqa ichida oldindan kelishib olingan xarakatni ado qilishadi va yana to'satdan tarqab ketishadi.

Mobberlarning harakatlari ko’pincha absurd va tushunarsiz bo’ladi. Shuning uchun ham tamoshabinlar (yon atrofdagilar) ko’pincha nima bo’layotganini tushunishmaydi. Tasavvur qiling, Toshkentning “brodveyi”da aylanib yurgan bir cho’g'ingizda to’satdan yoningizda turgan odamlar birga raqsga tushishni boshlasa g’alati tuyuladida!

Toshkentlik mobberlarning o’z internet sahifasi va forumi ham bor. U erda ular o’tkazilgan fleshmob aksiyalarini muxokama qilishadi va kelajakdagi aksiyalar uchun o’z fikrlari bilan almashishadi. Toshkentlik mobberlar forumning administratori Moxnatiyning “Yosh to’lqin” bilan bo’lgan suhbatida aytishicha, toshkentlik mobberlar har haftada bir aksiya o’tkazishga harakat qilishadi.

- Fleshmob aksiyalarining senariylari internet forumimizda muxokama qilinadi. Hohlagan qatnashchi o’zining fikrini o’rtaga tashlashi mumkin. Eng ko’p ovoz olgan fikr, agar kerak bo’lsa, boshqa ishtirokchilar tarafidan to’ldiriladi va alohida kun, joy va vaqt belgilanib u erda shu kelishib olingan harakat ado etiladi. Masalan, ohirgi fleshmob aksiyamiz “brodvey”da bo’lib “yulduzlar alleyasi” deb nomlandi, deydi Moxnatiy (rostakam ismi emas, faqat forumdagi niki).

13 noyabr kuni o’tkazilgan “yulduzlar alleyasi” fleshmob aksiyasi AQShning Los Anjeles shahridagi haqiqiy brodvey “yulduzlar alleyasi”ning nusxasini Toshkentdagi “brodvey”da yaratishga qaratilgan edi. 13 noyabr kuni soat 17:00 mobberlar brodveyda yig'ilishni kelishib olishgan. Olomonga aralashib yurgan mobberlar soat roppa rosa 17:00 da kelishilgan shartli belgi oldida to’planib, besh daqiqa ichida asfaltda rangli mel bilan yulduz rasmini chizib, ichiga o’z ismlarini yozib, so'ng hech nima bo'lmaganday tezda tarqalib ketishlari kerak edi. Mobberlarning forumda qoldirgan sharhlariga qaraganda, ayrim mobberlar fleshmobning eng qat’iy qoidasi – to’satdan to’planib, to’satdan tarqalib ketish qoidasini buzishiga qaramasdan, “yulduzlar alleyasi” fleshmob aksiyasi yaxshi o’tgan.

Toshkentdagi "brodvey"da uyushtirilgan "yulduzli alleya" fleshmobidan suratlar:


Fleshmobning maqsagi har hil - kimgadir yoki nimagadir norozichilikni bildirish, bo’sh vaqtni ozgina bo’lsa ham chog’ o’tkazish, yangi do’stlar ortirish, yosh va faol ommaga taalluqlilikni his qilsih va ho kazo. Fleshmob aksiyalari dunyo bo’ylab keng tarqalgan. Sobiq ittifoqdosh mamlakatlarida ham fleshmob aksiyalari yoshlari orasida mashxur. Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida ham fleshmoblar tez-tez o’tkazilib turiladi. Ozarbayjon yoshlarining uyushtirgan eng qiziq fleshmoblarining biri “mevali fleshmob”dir:



Bir qarashdan siz bu yoshlarning "krishasi ketgan", deb o'ylashingiz mumkin. Aslo, bular "mevali fleshmob" aksiyasining ishtirokchilari. Mobberlar hohlagan mevasini belgilangan joygan olib kelib, u bilan telefon kabi foydalanishlari va bir qatorda uni yeb tugatishlari kerak bo'lgan. Bundan absurd va tushunarsiz narsa bo'lishi mumkin emas. Lekin bunday aksiyalar baribir qiziqarli va yoshlarning diqqatini o'ziga tortadi.

Ex, hozirgi yoshlar nimalarni o'ylab topmaydiya...

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG