Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:58

O‘zbek dzyudochisi Osiyo o‘yinlaridan chiqarildi


2010 yilgi Osiyo o‘yinlari musobaqalari o‘tayotgan Xitoyning Guangzou shahridan olingan xabarga ko‘ra¸ o‘zbekistonlik Shokir Mo‘minov qonidan doping topilib¸ diskvalifikatsiya qilingan.

27 yashar Mo‘minov yakshanba kuni dzyudo bo‘yicha mazkur musobaqalarning kumush medali sohibi deb topilgan edi.

Musobaqalardan so‘ng o‘tkaziladigan odatiy tekshiruv natijasida Shokir Mo‘minov qonidan taqiqlangan metilgeptonon moddasi topilgan.

Hozircha o‘zbekistonlik dzyudochisi Osiyo o‘yinlaridan chetlatilgan birinchi sportchi bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG