Линклар

logo-print

Ruslan Chagayev bugun yana ringga tushadi


Uzbekistan - Ruslan Chagaev, WBA Heavyweight Champion at a press conference. Stuttgart, Germany, 14Apr2007

Uzbekistan - Ruslan Chagaev, WBA Heavyweight Champion at a press conference. Stuttgart, Germany, 14Apr2007

Bugun Germaniyaning Hamburg shahrida WBA vyersiyasi bo‘yicha eks-chempion Ruslan Chagayev amerikalik bokschi Trevis Uoker bilan ringga tushadi. Mazkur jang g‘olibi WBA toifasidagi joriy chempion Devid Xeyga qarshi ringga tushish imkonini qo‘lga kiritadi.

18 noyabr kuni jang oldidan bokschilar vazni o‘lchanganda Ruslan Chagayevning 105¸2 kilogram¸ raqibiUokerning esa¸ roppa-rosa 100 kilogram ekani aniqlandi.

Matbuot xabarlariga ko‘ra¸ bugungi jangda Chagayevning qo‘li baland kelishi kutilmoqda.

Joriy yilning 22 may kuni ayni Hamburg shahrida o‘tkazilgan jangda Ruslan Chagayev avstraliyalik raqibi Kali Mihanni mag‘lub qilgan va WBA bo‘yicha chempionlikka da‘vogarlik huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Asli andijonlik Ruslan Chagayev ko‘pdan Germaniyada istiqomat qilmoqda¸ ammo har bir jangga O‘zbekiston bayrog‘i ostida tushmoqda.
XS
SM
MD
LG