Линклар

Turkman chegarachilari¸ O‘zbekiston fuqarosini O‘zbekiston hududida otib o‘ldirib¸ jasadni o‘z hududiga olib ketdi.

Bu xabarni Ozodlikka Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasining ismi aytilishini istamagan xodimi ma‘lum qildi.

Rasmiyga ko‘ra¸ 16 noyabr kuni Xorazm viloyati Shovot tumanining Turkmanistonga tutash Bo‘zëp qishlog‘i hududiga uch nafar turkman chegarachisi o‘tib¸ Shovot tumani Qangli qishlog‘ida yashovchi Maqsud Rajapovni otib tashlashgan.

Manbaning aytishicha¸ o‘q ovozini eshitgan o‘zbek chegarachilari voqea joyiga yetib borishganida turkman chegarachilari¸ chegara bo‘ylab o‘tgan tikanli sim devoridan ochilgan qo‘lbola tuynukka qaytib kirib ketishgan

Ichki ishlar boshqarmasidagi manbaga ko‘ra¸ Maqsud Rajapovni otib o‘ldirgan turkman chegarachilari guruhi rahbarining ismi va unvoni ham aniq.

- Toshhovuz chegarachilari guruhi kommissari Ebergenov O‘zbekiston fuqarosi jasadini Turkmaniston hududiga olib o‘tishga buyruq bergan¸ deydi xorazmlik zobit.

Aytilishicha¸ hozir Maqsud Rajapovning yaqinlari uning jasadi qaytarilishini kutib chegarada turishibdi.

O‘zbek -turkman chegarasidagi vaziyatni kuzatib boraëtgan xorazmlik huquq faoli Hayitboy Ëqubovga ko‘ra¸ keyingi 10 yil mobaynida yuzdan oshiq O‘zbekiston fuqarosi Shovot tumanidan o‘tgan chegarada turkman chegarachilari tarafidan otib o‘ldirilgan.
XS
SM
MD
LG