Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:42

Turkmaniston Nabukkoga qo‘shilishini bildirdi


General -- pipeline Nabucco, gas filter in Baumgarten
General -- pipeline Nabucco, gas filter in Baumgarten
Turkmaniston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Boymurod Xo‘jamuhamedovning aytishicha¸ Ashxobod hukumati Yevropa ittifoqi tomonidan quvvatlanilayotgan Nabukko loyihasi uchun yiliga 40 milliard kubometr gaz ajratishga tayyor.

Mazkur bayonot 36 davlatdan kelgan 700 delegat ishtirokida o‘tayotgan Turkmaniston gaz va neft sanoati istiqbollariga bag‘ishlangan anjumanda yangradi.

Xo‘jamuhamedovga ko‘ra¸ turkman gazini Nabukko quvurlariga yetkazib berish maqsadida Kaspiy tubidan o‘tuvchi quvurlar loyihasiga oid kelishuv imzolaniladi. Hozirda¸ aytilishicha¸ Turkmanistondagi eng yirik gaz konlarini Kaspiy sohili bilan bog‘lovchi quvurlar yotqizish ishlari boshlangan.

O‘z gazini jahon bozoriga turli yo‘nalishlar orqali eksport qilishga qiziqish ko‘rsatib kelayotgan Turkmaniston rahbariyati¸ hozircha Rossiyani chetlab o‘tuvchi Nabukko loyihasini qo‘llashini bildirsa-da¸ hozirga qadar bu loyihaga qo‘shilganini anglatuvchi biror kelishuvni imzolagan emas.
XS
SM
MD
LG