Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:22

Ruslan Chagayev yana g‘olib bo'lbdi


Professional boksning WBA yo‘nalishi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev amerikalik raqibi Trevis Uolker ustidan g‘alaba qozondi. Jang kecha Germaniyaning Hamburg shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik Chagayev shu yilning may oyida avstraliyalik raqibi Kali Mihanni yengib, yana chempionlik kamariga da‘vogarlik qilish huquqini qo‘lga kiritgandi.

WBA yo‘nalishi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida Jahon chempionligi kamari hozir britaniyalik bokschi Devid Heydadir.

O‘zbekistonlik taniqli bokschi bundan avval o‘tkazgan 26 ta jangining 24 tasida g‘alaba qozongan, bittasida mag‘lub bo‘lgan va yana bittasini durang hisobi bilan yakunlagan.

Chagaev va Uolker jangidagi eng qiziq vaziyatlarni ushbu video klipda tamosha qi'ling:

XS
SM
MD
LG