Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:53

"Eshshak bloggerlari"ning ikkinchisi ham ozod etildi


Ozarbayjon sudi qamoqqa tashlangan ikki bloggerning yana birini ozod qildi.

Bugun Baku mahkamasi 2009 yil noyabrida bezorilikda ayblanib 2¸5 yil ozodlikdan mahrum etilgan Emin Milliyni ozodlikka chiqardi. Payshanba kuni esa¸ ayni ayb bilan 2 yilga qamalgan Adnan Hojizoda ozod etilgan edi.

O‘z blogida matbuot anjumani o‘tkazayotgan eshshak videosini qo‘yganidan ko‘p o‘tmay qamoqqa olingan bu ikkala jurnalist “eshshak bloggerlari” deya nom chiqardi. Bu video klip orqali Emin Milli va Adnan Hojizoda hukumat rasmiylarini davlat g'aznasi hisobidan Germaniyadan ikkita zotdor eshakni sotib olishganini tanqid qiliishgan edi. Bloggerlarning qamalishi xalqaro maydonda keskin e‘tirozlarga sabab bo‘lib kelayotgan edi.

"Konferenciya bergan germaniyalik zotdor eshak" video klipini bu erda ko'ring.
XS
SM
MD
LG