Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:35

Mark Zukerberg: geniymi yoki yaramas?


Facebook internet ijtimoiy tarmog'ining asoschisi va bosh rahbari Mark Zukerberg.
Facebook internet ijtimoiy tarmog'ining asoschisi va bosh rahbari Mark Zukerberg.

2004 yili asos solingan va 6 yilni ichida 500 million faol foydalanuvchilarni to‘play olgan Facebook internet ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi va bosh rahbari 26 yashar Mark Zukerberg (Mark Zukcerberg) bugungi kunda eng yosh milliarder hisoblanadi. Facebookning orqasidan topgan qariyb 7 milliard AQSh dollarini yosh Mark Zukerberg qanday qilib ishlab topdi?


Oktabr oyidan ekranlarga chiqgan va Facebookga asos solinishi haqida olingan “Ijtimoiy tarmoq” (The Social Network) filmi Mark Zukerbergni (bosh qahramon) yosh, aqqli, ayyor va yaramas IT-mutaxassisi qilib ko‘rsatadi (IT – informatsion texnologiyalari). Filmni boshidayoq Garvard talabasi Mark sevgan qizi bilan urushib qoladi va qiz uni tashlab ketadi. Shu tufayli butun ayol zotiga achchig‘langan Mark bir kechada 7 AQSh universitetining ijtimoiy tarmoqlarini buzib, ularning ichidagi shu universitetlarda taxsil oluvchi qizlarning suratlarini internetdagi yangi ovoz berish xizmatiga qo‘yadi. Bir kechada bu xizmat shunday mashxur bo‘lib ketadiki, Garvard univesitetining internet tarmog‘i traffikni ko‘tarolmay ishdan chiqadi.

Talaba qizlarning suratlarini internetdagi ovoz berish xizmatiga joylashtirgan va shu tufayli Garvardning internet tarmog‘ini ishdan chiqargan Mark tezda taniqli bo‘lib ketadi. Uning IT sohasidagi iste'dodini ko‘rgan bir gurux Garvard talabalari Markga ish taklif etishadi. Qanday ish deysizmi? Facebookni ochish! Agar filmga ishonadigan bo‘lsak, Facebookni ochish g‘oyasi aslida Mark Zukerbergga tegishli emas. Mark bu g‘oyani birga Garvard universitetida o‘qigan bir gurux talabalardan olgan. Bu talabalar keyinchalik Markni ularning g‘oyasini og‘irlaganlikda va mualliflik huquqini buzganlikda ayblab sudga berishadi va 65 million AQSh dollari undirib olishadi.

Filmda ko‘rsatilishicha, Mark Zukerberg Facebookga asos solishda yelkama-yelka turgan do‘sti Eduardo Saverin bilan ham urushib qoladi, chunki Mark Saverinning Facebookdagi aksiyalarini o‘z boshimcha qisqartirib yuboradi. Saverin ham Markni sudga beradi, lekin faqat 5 foiz aksiyalarni qaytarishga ega bo‘ladi.

Ho‘sh, Mark Zukerberg kim? IT sohasidagi geniymi yoki do‘stlarini bir pulga olmaydigan yaramasmi? Biz bu savolni yirik internet korporatsiyasida ishlaydigan o‘zbekistonlik IT-mutaxassisiga berdik. Ismini aytmaslikni so‘raganligi uchun, biz bu yigitga Markjon deb shartli nom berdik.

Yosh to‘lqin: Siz ham “Ijtimoiy tarmoq” filmini ko‘rdingiz. Mark Zukerberg haqida sizda qanday fikr paydo bo'ldi?

Markjon: Avvalambor, Mark Zukerberg o‘z ishining ustasi. Usiz Facebook umuman paydo bo‘lmas edi. Bo‘lgan taqdirda ham bu qadar rivojlanmagan bo‘lar edi. Ahir 500 million faol foydalanuvchi jalb qilish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi-da. Bu filmdan so‘ng ko‘pchilik Facebook g‘oyasini aslida Mark boshqalardan o‘g‘rlagan deya boshlashdi. Yo‘q, Mark o‘g‘irlamagan. U barcha kerakli kodlarni o‘zi tuzib chiqgan. Ahir g‘oyani bergan emas, balki uni amalga oshirgan insongina mualliflikga da‘vogarlik qilishi mumkin.

Yosh to‘lqin: O‘zingiz bilasiz, Mark Zukerberg dunyodagi eng yosh milliarder bo‘lsa ham juda kamtarin hayot kechiradi. Ahir Facebookga asos solganda u pul topishni ko‘zlagan emasmi?

Markjon: Mark Zukerberg uchun pul yoki boshqa moddiy narsalar birinchi o‘rinda turmaydi. Facebook uning yaxshi ko‘rib qilgan loyihasi. Masalan, Mark Zukerberg kvartira olmoqchi bo‘lganda atayin ishxonaga yaqin joydan, piyoda borib kelsa bo‘ladigan joydan olgan. Olganda ham kichkina bir kvartira olgan. Mark kabi insonlar IT dunyosida oz emas. Ular pul uchun emas, balki g‘oya uchun ishlashadi.

Yosh to‘lqin: Mark Zukerbergga o‘xshagan yoshlar bormi O‘zbekiston IT sohasida?

Markjon: O‘zbekiston IT sohasida aqlli va iste‘dodli yoshlar bor. Lekin ularning ko‘pi chet elda, yoki O‘zbekistondan turib chet el kompaniyalariga ishlaydi. Agar O‘zbekistonning IT bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarida eskirgan materiallardan foydalanmasdan yangi ulusblar va yangi texnologiyalar, deylik phyton, ruby va boshqa dasturlash tillari o‘qitilganda edi, O'zbekistonda IT sohasida yana ham ko‘proq iste‘dodli yoshlar chiqar edi.

Yosh to‘lqin: Facebook kabi start-up loyihalarni O‘zbekistonda ham ishga tushirsa bo‘ladimi?

Markjon: Agar Mark Zukerberg kabi ishga tushirsa bo‘ladimi, deb so‘rayotgan bo‘lsangiz, javobim “yo‘q”. O‘zbekistonda start-up loyiha, yoki umuman biror bir biznes loyihani ishga tushirish uchun kattakonlardan tanishing bo‘lishi kerak. Biznes uchun erkinilik yo‘q joyda internet ham unmaydi. Bundan tashqari boshqa muammolar ham bor. Mamlakatda so‘z erkinligi yo‘qligi, internet kanalining sekinligi ham onlayn start-up loyihalarni ishga tushirishda katta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Yosh to‘lqin: Suhbatingiz uchun katta raxmat!

XS
SM
MD
LG